Bokschi Vladimir Klichkoga krossovka bilan tahdid qilishdi

Amerikalik bokschi Shennon Briggs ukrainalik charm qo‘lqop ustasi Vladimir Klichko mashq qilayotgan joyga borib, u bilan janjal chiqarishga urindi. Bu haqda 20-mart kuni Boxing News 24 nashri xabar tarqatgan.

Klichko hozirda avstraliyalik Aleks Leapai bilan bo‘ladigan jang oldidan Florida shtatida mashq qilmoqda. Briggs mashq zaliga borib, gap-so‘zlar bilan uning asabiga tegishga uringan. Keyin esa o‘z egnidagi futbolkani yirtgan va krossovkasini yechib, Klichkoga qarata otgan. Briggs ukrainalik bokschining raqib sifatida faqat kuchsizlarni tanlashini aytgan.

Bu paytda treneri Klichkoning qo‘llariga bint o‘rayotgan bo‘lgan. Otilgan krossovka ukrain bokschining ko‘kragiga tegsa-da, u xotirjamligini yo‘qotmagan. U Briggs o‘z krossovkasini yeyishiga to‘g‘ri kelishini aytgan, keyin esa uning yordamchilari amerikalik bokschini zaldan itarib chiqarishgan. Futbolka va krossovka esa ichkarida qolgan. Mazkur voqealarning videoyozuvini Fightnews portali e’lon qilgan.

Vladimir Klichko WBA, IBF, WBO va IBO versiyalari bo‘yicha jahon chempioni hisoblanadi. U joriy yilning 26-aprelida Germaniyaning Oberxauzen shahrida Leapaiga qarshi ringga ko‘tariladi.

42 yoshli Briggs esa 2006–2007-yillarda WBO versiyasi bo‘yicha og‘ir vazn toifasida jahon chempionidir. 2010-yilning 16-oktabrida u WBC yo‘nalishi chempioni kamari uchun bo‘lgan jangda Vitaliy Klichkoga mag‘lub bo‘lgan, deya eslatadi "R-Sport”. Bu Biggsning oxirgi jangi bo‘lgan, biroq u yana ringga qaytishni rejalashtirmoqda.

 



Категория: SPORT YANGILIKLARI | Теги: Bokschi, Vladimir Klichko
Просмотров: 1310 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 23:59
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz