Главная » SPORT YANGILIKLARI

Bokschilarimiz yarim finalda,bu kamida bronza degani!




49 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qiladigan Hasanboy Do'stmatovning chorak finaldagi jangi yakunlandi.

Hamyurtimiz chorak finalda qozog'istonlik raqibi Birjan Jakipovga qarshi jang olib bordi va 3:0 hisobida g'alabani tantana qildi. 

Endi u yarim finalda jang qiladi.


 

Rustam To'laganov yarim finalga chiqdi, bu kamida bronza degani!

 
Ko'z tegmasin, Olimpiadada to'liq tarkibda ishtirok etayotgan charm qo'lqop ustalarimizning zafarli odimi davom etmoqda. Hozirgina yakuniga etgan chorak final jangida 91 kg vazndagi bokschimiz Rustam To'laganov ozarbayjonlik Abdulqodir Abdullaevni 3:0 (29:28, 29:28, 29:28) hisobida mag'lub etdi.
Birinchi raund ozarlik bokschining foydasiga hal bo'ldi. Ikkinchi va uchinchi raundlarda raqibidan ustunlikka erishgan To'laganov yarim finalga chiqish barobarida o'zi va terma jamoamiz uchun kamida bronza medalini naqd qildi. Uning final ostonasidagi raqibi rossiyalik Evgeniy Tishenko bo'ladi. 

Источник: olamsport.com
Категория: SPORT YANGILIKLARI | Добавил: AdminoFF (11.08.2016)
Просмотров: 335 | Теги: Rio-2016 boks | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar