Главная » MAXALLIY YANGILIKLAR

Bosh vazir virtual qabulhonasi kutilgan natija beryaptimi: faktlar suratlarda




 

Avval habar qilinganidek, O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri qabulhonasi test rejimida virtual faoliyatini ishga tushirgan edi.

Oradan ko'p o'tmay, virtual qabulhonaga bo'lgan murojaatlar atroflicha ko'rib chiqilib, ularda ko'tarilgan masalalar va muammolar hal etilgan. Ulardan ayrimlari bilan sizlarni tanishtirib o'tamiz.

Buhoro viloyatida istiqomat qiluvchi fuqaro H.N.B. tomonidan 2016 yil 26 sentyabr' kuni O'zR Bosh vazirining virtual qabulhonasiga “O'zsanoatqurilishbank”iga qo'ygan omonatini o'z vaqtida ololmayotgani sababli yordam so'rab murojaat qilingan. 28 sentyabr' kuni fuqaro tomonidan 76 mln. so'm miqdoridagi o'z omonati naqd pulda to'lab berilgan.

2016 yil 27 sentyabr' kuni Sirdaryo viloyatida istiqomat qiluvchi fuqaro A.Sh.I. tomonidan O'zR Bosh vazirining virtual qabulhonasiga 10-00 telefon raqami orqali ta`lim kreditini olishga 7 sentyabrda ariza berilgan bo'lsa-da, “Agrobank” tomonidan ta`lim krediti ajratilmayotganligi yuzasidan yordam so'rab murojaat qilindi. 28 sentyabr' kuni (1 kun muddatda) talabaga kredit shartnomasi rasmiylashtirilib, 4 mln. 400 ming so'm miqdorida mablag' oliy o'quv yurtining hisob raqamiga o'tkazib berildi.




 

Navoiy viloyatida yashovchi fuqaro H.Y.M. tomonidan 2016 yil 26 sentyabr' kuni O'zR Bosh vazirining virtual qabulhonasiga 10-00 telefon raqami orqali “Qishloq qurilish bank”iga qo'ygan omonatini o'z vaqtida ololmayotgani sababli yordam so'rab murojaat qilindi, natijada 28 sentyabr' kuni fuqaro tomonidan o'z omonatini kerakli qismi olindi va qolgani jozibador yuqori foizli omonat turiga qayta rasmiylashtirildi.

O'qituvchi va murabbiylar kuni oldidan 89 yoshli pedagog onahonning Bosh vazir virtual qabulhonasiga murojaati bo'yicha masalasi hal bo'lib, duo qilgani ham diqqatga sazovor.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga ariza, taklif va shikoyatlarni (0 800) 210-0000 yoki «1000» qisqa raqamlariga qo'ng'iroq qilgan holda yuborishingiz mumkin (qo'ng'iroq respublika bo'yicha bepul bo'lib, undan faqatgina statsionar telefonga qo'ng'iroq qilish narhi bo'yicha haq olinadi).

 


Источник: kun.uz
Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Добавил: AdminoFF (01.10.2016)
Просмотров: 826 | Теги: Shavkat Mirziyoyev, virtual qabulhona | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar