“Boyvachcha kuyov” filmining bosh qahramonlari tasdiqlandi


Yangi “Boyvachcha kuyov” kartinasi uchun bosh qahramonlar o‘rtasida ommaviy so‘rovnoma o‘tkazilayotgani haqida bir necha kun oldin ma’lum qilgan edik. Bugungi kunga kelib, filmning bosh qahramonlari tasdiqlandi. Demak, “Boyvachcha kuyov” kino asarining bosh rol obrazlaridan birini  Yulduz Rajabova ijro etadi.

So‘rovnomada ishtirok etgan aktrisalar ichida Zarina Nizomutdinova esa ushbu filmdagi boshqa bir qizning obrazini yaratmoqda. Chunki, u yaratayotgan qizning roli ancha qiziq va tomoshabinni befarq qoldirmaydi. Qolaversa, mazkur kartinaning bosh obrazidagi qizning hayotiga yaqin bo‘lgan rollarni aktrisa boshqa filmlarida allaqachon ijro etgan. Shu sababli ham u, ikkinchi darajali rol bo‘lishiga qaramay, Nodira obrazini yaratishga rozi bo‘ldi.

Suratlarda ko‘rib turganingizdek, kelin obrazida Yulduz, biroq kuyov obrazi tomoshabinlarni biroz o‘ylantirsa ajab emas. Nahotki rejissyor bu rolni Asqar Hikmatovga ishonib topshirgan bo‘lsa? Bu haqida keyinroq batafsil to‘xtalib o‘tamiz. Hozircha bizni kuzatishda davom eting.


Категория: KINO YANGILIKLARI | Теги: Boyvachcha kuyov
Просмотров: 2235 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 23:20
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz