Главная » SHOU-BIZNES habarlari

Bryus Lining o‘g‘lini tasodifan otib qo‘ygan aktyor vafot etdi






1993-yili “Qarg‘a” jangari filmini suratga olish ishlari vaqtida Bryus Lining o‘g‘li Brendonni tasodifan otib qo‘ygan aktyor Maykl Massi 61 yoshida AQShda vafot etdi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.
Qarg‘a” filmida Massi yovuz qahramonlardan birining rolini o‘ynagan. Ssenariy bo‘yicha, u 28 yoshli Brendon Liga qarab o‘q uzishi kerak bo‘lgan va uning to‘pponchasi o‘qsiz patron bilan o‘qlanishi lozim edi.
 
Biroq to‘pponcha stvoliga qopqoq tiqilib qolgani sabab, o‘q uzilgan vaqtda u uchib chiqib Bryus Lining o‘g‘liga tekkan. Brendon 1993-yilning 31-mart kuni kasalxonada vafot etgan.
 
Massi bu holatda aybdor emas deb topilganiga qaramay, u uzoq vaqt tushkunlikka tushib qolgan.
 
Keyinchalik u o‘nlab filmlarda (ular orasida “O‘rgimchak odam: Yuqori kuchlanish”, “Yetti” kabilar bor), shuningdek, seriallarda (“Ritssoli va Ayls” va “24 soat”) suratga tushgan.

Источник: Daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Добавил: AdminoFF (28.10.2016)
Просмотров: 593 | Теги: Bryus Li | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar