Budapesht fuqarosi 1 mln yevro turadigan Ferrari’ni xarid qilganidan bir necha daqiqa o‘tib pachoq qildi


Vengriya poytaxti Budapeshtda yashovchi fuqaro LaFerrari avtomobilini xarid qilganidan bir necha daqiqa o‘tib dabdalasini chiqardi. Bu haqda “Gazeta.ru”  xabar bermoqda.Ma’lumotlarga ko‘ra, ismi oshkor etilmagan avtomobil egasi sportkarni boshqarishni eplolmagan va shu atrofdagi bir necha mashinaga urib olgan. Guvohlarning aytishicha, qimmatbaho avtomobil egasi yuz bergan hodisaga nisbatan pinagini ham buzmagan.

Eslatib o‘tamiz, Ferrari kompaniyasi LaFerrari modelidan atigi 499 dona chiqargan, mashina narxi 1 million yevro turadi. Avtomobil 100 kilometr/soat tezlikka 3 soniyada erishadi.



Категория: AVTO OLAM
Просмотров: 2448 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 10:15
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz