Главная » MAXALLIY YANGILIKLAR

Budjetga kirgan talabaga Nexia beriladi!

 ​


Ha, ha, aziz abituriyentlar, bu ayni haqiqat! Sizni hayron qoldirishdan to‘xtamaydigan Profi Education 2016–2017-yil uchun abituriyentlar qabulini e’lon qiladi. Lekin yangi kelayotgan abituriyentlarga ajoyib sovg‘a — ikki dona Nexia avtomashinasidan biri beriladi.
Ham talaba bo‘lish, ham Nexia avtomashinasi sohibi bo‘lish ikki karra baxt, shunday emasmi?!
 
Nexia avtomashinasini qanday qo‘lga kiritsam ekan deb o‘ylab qoldingizmi? Bu juda oddiy, buning uchun siz uch bosqichli amalni bajarishingiz kifoya!
 
Yana boshlandi… “Facebook.com / profieducation” sahifasiga “layk” bosaman, izoh qoldiraman va sahifani o‘rtoqlarim bilan bo‘lishaman deb o‘ylayotgan bo‘lsangiz, xato qilasiz. Aslo unday qilmaysiz, siz quyidagi uch amalni uddalasangiz kifoya:
 
Profi Education’da 10 oy davomida uchta fan yoki IELTS  bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rasiz;
 
Davlat budjeti asosida talaba bo‘lasiz yoki IELTS’dan 7,5 ball to‘playsiz;
 
Nexia avtomashinasini yutib olasiz.
 
Juda oddiy, ha! Sizda o‘z-o‘zidan savol tug‘ilishi mumkin: Nexia avtomashinasi ikkita bo‘lsa, budjet asosida o‘qishga kirgan yoki IELTS’dan 7,5 ball to‘play oladigan menga o‘xshash abituriyentlar soni ko‘p bo‘lsa, unda kim mashinaga egalik qiladi?
 
Aslo xavotirga o‘rin yo‘q, agar avtomashinaga da’vogarlar soni birdan ortiq bo‘lsa, g‘olib milliy telekanallarning birida jonli efirda qur’a tashlash yo‘li bilan aniqlanadi, agar da’vogarlar soni bir kishi bo‘lsa, u ham bo‘lsa yolg‘iz siz bo‘lsangiz, Nexia avtomashinasi, shubhasiz, sizniki bo‘ladi.
 
Ha, aytgancha, agar siz viloyatdan bo‘lsangiz va Toshkent shahrida yashash joyingiz bo‘lmasa, hech ham xavotir olmang, Profi Education kompaniyasi 2016-yildan boshlab viloyatdan kelgan abituriyentlarni bepul yotoqxona bilan ta’minlaydi va ularni Toshkent shahrida o‘qish davomida vaqtinchalik ro‘yxatga qo‘yadi. Profi Education yotoqxonasi zamonning ilg‘or texnologiyalari asosida ta’mirdan chiqarilgan, yotoqxonada dars tayyorlash uchun, g‘alabaga erishish uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. Hatto sizning vaqtingizni tejash maqsadida yotoqxona–Profi Education yo‘nalishida avtobus xizmati ham yo‘lga qo‘yilgan, sizning ovqat tayyorlashga yoki kiyimlaringizni yuvishga ketadigan vaqtingizni tejash maqsadida oshxona va kiyim tozalash xizmatlari ham tashkillashtirilgan.
 
Yana sizning qo‘shimcha darslaringizni olib borish uchun yotoqxonada alohida o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatadi va vaqtingizni to‘g‘ri taqsimlashga, samarali tayyorgarlik ko‘rishingizga yaqindan ko‘mak beradi.
 
Vaqtni qo‘ldan boy bermang, bu ishni aynan siz uddalaysiz!
 
Reklama huquqi asosida. Xizmatlar litsenziyalangan. Profi Education NTM xizmat ko‘rsatadi

Источник: Daryo.uz
Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Добавил: AdminoFF (06.08.2016)
Просмотров: 1606 | Теги: abituriyent, Profi Education | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar