Главная » SPORT YANGILIKLARI

Bugun LaLiga start oladi!

 ​
 

Ushbu mavsumda LaLiganing 86-sovrini o'ynaladi. Yangi mavsum bugun (2016 yil, 19 avgust) start olib, 2017 yilning 21 mayida yakuniga etadi. Ispaniya oliy ligasining amaldagi chempioni "Barselona" hisoblanadi.

 

LaLiga ishtirokchilari va ularning stadionlari

 

Jamoa Stadion Sig'imi
Alaves Mendisorossa 19,840
Atletik San Mame 53,289
Atletiko Visente Kalderon 54,907
Barselona Kamp Nou 99,354
Selta Balaydos 29,000
Deportivo Riazor 34,600
Eybar Ipurua 6,285
Espanol RSDE stadioni 40,500
Granada Nuevo Los Karmenes 22,369
Las-Palmas Gran Kanariya 33,111
Leganes Butarke 8,138
Malaga La Rosaleda 30,044
Osasuna El-Sadar 18,761
Betis Benito Vilyamarin 51,700
Real Santyago Bernabeu 81,044
Real Sosedad Anoeta 32,000
Sevilya Ramon Sanches Pisxuan 42,714
Sporting (Xixon) El-Molinon 30,000
Valensiya Mestalya 55,000
Vilyarreal El-Madrigal 24,890

QIZIQ FAKTLAR

 

 

 

 

  • - "Real" Ispaniya chempionatida g'olib bo'lish bo'yicha birinchi o'rinni egallab turibdi. Madridliklar hisobida 32 ta chempionlik bor. Keyingi o'rinlarda "Barselona" (24), "Atletiko" (10) va "Atletik" (8) egallab turibdi
  • - Ispaniya chempionatida eng ko'p ochko to'plagan jamoa ham "Qirollik klubi" hisoblanadi. Ular 85 ta mavsumda o'tkazilgan 2724 uchrashuvda 4293 okcho jamg'arishgan. Keyingi o'rinlar "Barselona" (2724 o'yin, 4169 ochko) va "Atletiko"ga (2576 o'yin, 3364 ochko) tegishli.
  • - Ispaniya futboli tarixida uch jamoa oliy ligani hech qachon tark etmagan. Bular: "Real", "Barselona" va "Atletik". Ushbu klublar 85 ta mavsumda 2724 tadan uchrashuv o'tkazishgan.
  • - LaLiga o'yinlarida eng ko'p gol urgan futbolchi "Barselona" hujumchisi Lionel Messi hisoblanadi. U 348 ta bahsda 312 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan. Keyingi o'rinlarniKrishtianu Ronaldu (236 ta o'yin, 260 ta gol) va Telmo Sarra (1940-1955, 278 ta o'yin, 251 ta gol) egallab turibdi.
  • - Ispaniya chempionatlari o'yinida eng ko'p maydonga tushgan futbolchi Andoni Subisarreta hisoblanadi U milliy chempionatning 622 ta uchrashuvida maydonga tushgan.
  • 1-tur o'yinlari

    19 avgust. "Malaga" - "Osasuna" 23:45

    19dan 20 avgustga o'tar kechasi. "Deportivo" - "Eybar" 01:00

    20 avgust. "Barselona" - "Betis" 21:15

    20 avgust. "Granada" - "Vilyarreal" 23:15

    20dan 21 avgustga o'tar kechasi. "Sevilya" - "Espanol" 01:15

    21 avgust. "Sporting" - "Atletik" 21:15

    21 avgust. "Real Sosedad" - "Real" 23:15

    21dan 22 avgustga o'tar kechasi. "Atletiko" - "Deportivo" 01:15

    22 avgust. "Selta" - "Leganes" 23:00

    22dan 23 avgustga o'tar kechasi. "Valensiya" - "Las-Palmas" 01:00

     

    Hamkorimiz "Aleziya.comsayti Ispaniya chempionati o'yinlari translyaciyasi qilish huquqini sotib olgan. Siz ushbu saytdan ro'yxatdan o'tib "Setanta Sports" hamda "SetantaSports+" kanallari orqali LaLiga o'yinlarini TAS-IX hududida tomosha qilishingiz mumkin. Kunlik abonent to'lovi 6 cent (0.06 $).


Источник: championat.asia
Категория: SPORT YANGILIKLARI | Добавил: AdminoFF (19.08.2016)
Просмотров: 212 | Теги: LaLiga 1-tur | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar