Bugun Telegram vaqtinchalik ishlamay qoldi

Bugun, 15-aprel kuni himoyalangan Telegram messenjeri ishlamay qoldi. O‘zbekistonlik foydalanuvchilar messenjerga ulanib bo‘lmayotganidan shikoyat qilishdi.

TJournal nashri ham Telegram vaqtinchalik ishdan chiqqanini xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Telegramga ulanish chog‘ida “Connecting…” (“Ulanish”) statusi paydo bo‘lib turavergan. Servis orqali xabarlarni na jo‘natish, na qabul qilish mumkin bo‘lgan.

Bir necha soatdan so‘ng foydalanuvchilar messenjerning yana ishlab ketganini yozishgan.

Ta’kidlash joiz, bugun “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘i ham vaqtinchalik ochilmay qoldi. Har ikkala servis ham Pavel Durov nomi bilan bog‘liq.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning fevral oyida WhatsApp faoliyatida yuzaga kelgan muammolar sababli Telegram messenjeriga a’zo bo‘lganlar soni keskin o‘sdi. Telegram rasmiy tvitterining ta’kidlashicha, 23-fevral kuni messenjerga 1,8 million kishi a’zo bo‘lgan.



Категория: TEXNOLOGIYA | Теги: Telegram
Просмотров: 1208 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 15:20
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz