Главная » MUNAJIMLAR BASHORATI

Burjingiz belgisi bo’yicha asosiy tuhfangiz





Har bir burj belgisi ma’lum qobiliyatga ega bo‘ladi, faqat Xudo tomonidan berilgan tuhfa har kimda turlicha. Har bir burj oldidagi turadigan yagona qiyinchilik bu tuhfani aniqlash va uni rivojlantirishdir.

Qo‘y

Qo‘y barcha burj belgilariga ishonch beradi. Ular bilan do‘st bo‘lish yoki ularni sevish kerak. Bunday holatda ular mutlaqo har qanday odamga ruhiy kuchli bo‘lishga yordam berishlari mumkin.

Buzoq

Sizdagi tuhfa shundan iboratki, siz odamlarga tashqaridan o‘zlarini ko‘rishlariga yordam berasiz. Har doim bu sizga zavq yoki ijobiy natija bag‘ishlamaydi, lekin u juda muhim ahamiyatga ega. Haqiqiy yuzini ko‘rgan odamlar ko‘pincha hech qachon oldingi qiyofalarida qolishmaydi.

Egizaklar

Egizaklarda oddiy, ammo kuchli bo‘lgan tabiiy joziba bo‘ladi. Kamdan-kam insonlar egizaklarning tarovatiga bardosh bera olishadi, ular bir nigoh bilan isagan odamni o‘zlariga jalb qila olishadi. Bu har qanday sirlarni bilib olish va har qanday voqeani oydinlashtirishga yordam beradi.

Qisqichbaqa

Oldindan sezish tuhfasi – Qisqichbaqalarning qobiliyati. Ular o‘z aqliy qobiliyatlari ko‘rinishida kuchli tarzda sezgir bo‘lishlari mumkin. Agar qisqichbaqa sizda muammo paydo bo‘lishi mumkinligi yoki aksincha yuksalishingizni aytsa, bunga shubha qilmaslik kerak.

Arslon

Arslonlardagi in’om shundaki, ular odamlarni o‘zlariga jalb qilishmaydi, odamlarning o‘zi ularga intilishadi. Hatto ularning og‘ir va murakkab fe’l-atvorlariga qaramay. Arslonlar mutlaqo hech narsa qilishmaydi, do‘stlari esa o‘zidan-o‘zi paydo bo‘ladi.

Parizod

Bu odamlar har qanday insonni tushunishga yordam beradigan tuhfaga ega bo‘lishadi. Ular hatto Gitler bilan gaplashishganida uni tushunishlari mumkin bo‘lardi. Sumbulachalik eng yaxshi suhbatdosh bo‘lishlikni boshqa hech kim tez va samarali o‘rgana olmaydi.

Tarozi

Tarozida juda nodir sovg‘a bor — ular eng oddiy qo‘l ostidagi narsalardan juda go‘zal buyumlarni yarata olishlari mumkin. Ularning kundalik buyumlarda hashamatni ko‘ra olish qobiliyati boshqalardan ko‘ra san’atni yaxshiroq tushunish imkonini beradi. Bu sovg‘a hayotning barcha sohalarida ularga yordam beradi.

Chayon

Hech kim Chayonlar kabi qiyinchiliklarni yengib o‘ta olmaydi. Bu insonlar haddan tashqari ruhiy quvvatga ega bo‘lishadi va o‘z hayotiy yo‘llarida har qanday to‘siqlarni engib o‘tishadi. Bu mutlaqo ko‘pchilik Chayonlarga xosdir.

Tog‘ echkisi

O‘qotar tabiat in’om etgan o‘zgacha tarzdagi muhim qobiliyat bo‘lib, uning evaziga ular har qanday ma’lumotni o‘zlariga singdirib olishadi. Bundan tashqari, undan samarali foydalana olishadi. Buni hech kim o‘qotarlardan tezroq o‘rgana olishmaydi.

Qovg‘a
Qovg‘a uchun tuhfa — bu uning donoligi. O‘z hayotida boshidan o‘tkazgan yaxshi va yomon kunlarini o‘zi uchun ezgulik yo‘lida foydalanadi. Bu odamlar dono bo‘lganliklari uchun sizga doim kerakli maslahatni berishlari mumkin.

Dalv

Bu odamlar dushmanlarini do‘stlarga aylantirishdek noyob qobiliyatlarga ega. Ularga nafrat ko‘zi bilan qarashadi, faqat besh daqiqalik muloqotdan so‘ng yomon ko‘ruvchilar haqiqiy do‘stlarga aylanishadi. Chunki ular xato qilishganini tushunib yetishadi va bundan uyalishadi.

Baliq

Baliqlar kuchli ijodiy noyob tuhfaga egadirlar. Bunda ularga dunyoga nazar solishlarida pushti rangli ko‘zoynaklar yordam beradi. Ularda shuningdek, har doim va har qanday sharoitda qoidalarga amal qilish imkonini beradigan o‘zlari bilan bo‘lish qobiliyati bor.

Источник: gooper.uz
Категория: MUNAJIMLAR BASHORATI | Добавил: AdminoFF (07.11.2016)
Просмотров: 1180 | Теги: Burj | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar