Главная » SHOU-BIZNES habarlari

Sevinch Mo`minova: “Sevgidan xafsalam pir bo`lgan”


 

Xonanda Sevinch Mo`minova hozirgi kundagi ijodi va shaxsiy hayoti bilan bog`liq savollarga javob berdi. U so`nggi paytlarda tarqalgan shaxsiy hayoti haqidagi mish-mishlarga ham “kun.uz” sayti uchun bergan interyusida munosabat bildirdi.

“Ochig`i, sevgi borasida hafsalam pir bo`lgan. Bu to`g`risida boshqa hech narsa deya olmayman”,—deydi Sevinch.

Nashr muxbiri xonandadan bugungi kunda turmush o`rtog`i, xonanda Sharof Muqimov bilan yashamayotganiga qanday izoh berishini so`raganida, xonanda:

“Yo`q, mutlaqo hech narsa deyishni xohlamayman. Mayli, kimdir bilar shaxsiy hayotim haqida, kimdir yo`q. Lekin nima bo`lganda ham, aytishim mumkinki, men yaxshi rafiqa va yaxshi ona bo`lishga harakat qildim. O`zimni oqlab, undoq edi, bundoq edi, deb aytmayman. Chunki bo`rining esa ham, emasa ham og`zi qon deyishadi. Haqiqatni Olloh bilsa bo`ldi, boshqalar oldida hisob berishga majbur emasman”,—deya javob berdi.

 

Источник: darakchi.uz
Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Добавил: AdminoFF (11.06.2016)
Просмотров: 1673 | Теги: Sevinch Mominova | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar