Главная » SPORT YANGILIKLARI

Chagayev – Braun jangi yuzasidan rasmiy bayonot berildi



Butunjahon boks assotsiatsiyasi, ya’ni WBA tashkiloti prezidenti Jilberto Xesus Mendosa 5 mart kuni hamyurtimiz Ruslan Chagayev hamda avstraliyalik Lukas Braun o‘rtasida o‘tkazilgan jang yuzasidan rasmiy bayonot berdi. Tashkilot rahbari WBA (Regular) yo‘nalishi chempionlik kamari uchun kechgan jang natijasi bekor qilingani ma’lum qildi.

Aniqrog‘i, 5 mart kuni Grozniy shahrida tashkil etilgan chempionlik jangi rasman o‘tkazilmagan deb topildi. Ruslan Chagayev faoliyatidagi mag‘lubiyatlar ustunidagi 3 soni rasman 2ga almashtirildi va chempionlik kamari hamyurtimizga qaytarildi.

Eslatib o‘tamiz, o‘sha jangda katta ustunlikka ega bo‘lgan Ruslan Chagayev 10-raundda texnik nokautga uchrab, mag‘lubiyatga uchragan edi. Lekin jangdan so‘ng olingan har ikki doping tekshiruvi Lukas Braunning qon tarkibida taqiqlangan klenbuterol moddasi borligini tasdiqladi.

Shu tariqa, avstraliyalik bokschi rasman WBA (Regular) chempionlik kamaridan mahrum etildi. Endi Ruslan Chagayev ushbu chempionlik kamarini Fres Okendodan himoya qilish kerak. Tomonlar ushbu jang yuzasidan 120 kun ichida kelishib olishlari shart.


Источник: olamsport.uz
Категория: SPORT YANGILIKLARI | Добавил: AdminoFF (30.05.2016)
Просмотров: 530 | Теги: Ruslan Chagayev, Lukas Braun | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar