Chevrolet Dehli avtosalonida hind bozori uchun mo‘ljallangan Spark’ni namoyish etadi


Chevrolet kompaniyasi har qanday yo‘lda harakatlana oladigan va Dehli avtosaloni doirasida namoyish etiladigan kompakt xetchbek prototipini tayyorladi. Motor xabariga ko'ra prototip Chevrolet’ning Hindistondagi bo‘linmasi tomonidan yangi Spark (boshqa bozorlarda — Beat) modeli negizida ishlab chiqilgan.

Chevrolet nomiga Cross qo‘shimchasini qo‘shib olgan prototipning hozircha faqat bitta tizerini e’lon qildi. Kuzovning old qismi ko‘p jihatdan yangi Sparkga o‘xshab ketadi, biroq yorug‘lik diodli tumanda yoqiladigan chiroqlari, old bamperning quyi qismidagi himoya plastinasi, shuningdek, kuzovdagi qora chiziqlar va reylinglar bilan farqlanadi.

Yangi avlod Spark xetchbekining taqdimoti 2015-yil aprelida bo'lib o'tgandi Model ajdodiga nisbatan uzunlashdi, Ecotec oilasiga mansub, hajmi 1,4 litr bo‘lgan 98 ot kuchiga ega yangi dvigatel bilan ta’minlandi.

Yangi Spark’ni General Motors’ning Janubiy Koreyadagi zavodida ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. Modelni jahonning 40 dan ortiq mamlakatlarida sotish rejalashtirilgan, biroq Hindistonda, taxminlarga ko‘ra, eski avlod xetchbekining platformasidan foydalaniladi.



Категория: AVTO OLAM | Теги: avto, Hindiston, spark
Просмотров: 2600 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 04:20
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz