Chevrolet kompaniyasi Spark’ning “har qanday yo‘lda yura oladigan” versiyasini namoyish etdi


Chevrolet kompaniyasi Dehlidagi Auto Expo ko‘rgazmasida kichik Beat xetchbeki (boshqa mamlakatlar, xususan, O‘zbekiston bozorida Spark bilan sotiladi) bazasida ishlab chiqilgan Beat Activ konsept-karini namoyish etdi. Motor’ning yozishicha, ushbu prototip omma e’tiboriga keyinroq havola etilishi kutilayotgan modelning “har qanday yo‘lda yura oladigan” versiyasi haqida tasavvur beradi.

Konsept-kar General Motors’ning Janubiy Koreyadagi dizayn-studiyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Xetchbekning klirensi oshirilgan, bagaj bo‘lmasiga boshqa eshik o‘rnatilgan, kuzovning quyi qismi plastik himoya bilan ta’minlangan, reylinglar, spoyler va o‘ziga xos tumanga qarshi chiroqlar o‘rnatilgan.Bozor uchun mo‘ljallangan model Hindistondagi Beat avtomobili platformasida ishlab chiqiladi. O‘z navbatida, u 2015-yil bahorida taqdimoti bo‘lib o‘tgan yangi avlod Spark’idan ham ba’zi jihatlarni o‘zlashtiradi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mashinaning dvigatellar gammasida hajmi 1,2 litrli benzin- va bir litrli dizel-motor bor. Birinchisi 78 ot kuchiga, ikkinchisi esa 57 ot kuchiga ega.


Xabar berishlaricha, Chevrolet Beat Activ Hindiston avtobozorida Hyundai i20 Active, Toyota Etios Cross, Fiat Avventura va Volkswagen Cross Polo bilan raqobatlashadi.

Avvalroq Hindistondagi avtoko‘rgazma doirasida Chevrolet Spark’ning sedan versiyasi namoyish etilgani haqida xabar berilgan.



Категория: AVTO OLAM | Теги: spark
Просмотров: 3286 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 12:52
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz