Chinoz tumanida uy isiriq sababli yonib ketdi

Toshkent viloyati Chinoz tumanida bir uyning 90 kvadrat metri isiriq tufayli yonib ketdi. Uy egasi grippga qarshi profilaktika maqsadida isiriq tutatgan. Biroq uy tutun bilan qoplanganidan so‘ng oila a’zolari idishdagi isiriq qoldig‘ini o‘chirishni unutgan, natijada yong‘in kelib chiqqan, deb xabar bermoqda “Pravda Vostoka” gazetasi.

“Endi xonadon egalari uyini qayta tiklashga uzoq vaqt kerak bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.

Shu kabi vaziyatlardan xalos bo‘lish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi aholidan yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishni hamda e’tiborliroq bo‘lishni so‘raydi.



Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: Chinoz tumani
Просмотров: 1283 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 08:58
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz