Главная » TANQID va TAXLIL

Chinozlik Ahmadboy: Orqaga yo‘l yo‘qligini bilardim. Odamlardan uzr so‘rayman

 


O‘zbekiston” telekanalida 30-iyun, payshanba kuni soat 18:10 da chinozlik Ahmadboy nomi bilan tanilgan Ahmadjon Tursunboyevning noqonuniy xatti-harakatlari, u tashkil etgan va faoliyatiga chek qo‘yilgan moliyaviy piramida haqida “Ahmad vasvasasi” nomli ko‘rsatuv efirga uzatildi.

Unda Ahmadjon Tursunboyevning o‘zidan bir qator iqtiboslar keltirildi. “Boshi berk ko‘chaga kirib qolib, keyin chiqib keta olmadim. Orqaga yo‘l yo‘qligini bilardim”, — dedi Ahmadjon Tursunboyev.

“Unikini bunga, bunikini unga berib, shu ishga kirib ketganman. Bankrotga uchradim. Pul yetkazib bera olmadim. Asta-sekin [faoliyat ko‘lami kattalashib] ketdi. Ayni vaqtda qancha odam [qamrab olinganini] bilmayman”, — dedi Ahmadjon Tursunboyev.

Ko‘rsatuvida qayd etilishicha, Ahmadjon Tursunboyev boshliq uyushgan guruhning noqonuniy xatti-harakatlaridan jabr ko‘rganlar soni “bir necha o‘n mingni tashkil etadi”.

“O‘nta zavodi bor odam ham buni eplay olmaydi. Yashirmayman, men bu o‘yinga kirib qolganman va undan chiqib keta olmaganman”, — dedi Ahmadjon Tursunboyev.

“Aholidan uzr so‘rayman. Qilgan ishimdan pushaymonman”, — deya qo‘shimcha qildi Ahmadjon Tursunboyev.

“Ahmad vasvasasi” ko‘rsatuvi 19:15 da “Toshkent” telekanalida, 20:20 da esa “Yoshlar” telekanalida takroran namoyish etiladi.


Источник: daryo.uz
Категория: TANQID va TAXLIL | Добавил: AdminoFF (30.06.2016)
Просмотров: 1011 | Теги: Ahmadboy | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar