Chorshanba munajjimlar bashorati 2016-yil 6-yanvar


Qo'y 21.03-20.04 

Bugun iloji boricha diqqatingizni jamlang. Xislaringizni chetga surib turing, aks holda ular rejalaringizni buzadi. 
Sevgi bashorati 
Bugun radioda eshitgan, kitobda o'qigan yoki Internetda topgan iborangiz sevgan insoningiz bilan munosabtlaringiz haqida jiddiy o'ylab ko'rishga chorlaydi. Nima ham derdik ba'zan o'ylab ko'rish juda foydali, hatto u hech qanday harakatga olib bormasa ham. 

Buzoq 21.04-21.05 
Bugun ongingizda yashiringan narsa kimnidir qo'rqitib yuborishi mumkin. Sizning mistitsizmga bo'lgan moyilligingiz, bugun kuchayadi. 
Sevgi bashorati 
Bugun sevgan insoningiz bilan umumiy muammolaringiz haqida ochiqchasiga gaplashib olish juda qiyin bo'ladi. Ammo uni nima uchundir bunday muloqotlarga juda tortadi. Yoki sabr qiling, yoki o'z fikringiz borligini yodiga soling. 

Egizaklar 22.05-21.06 
Bugun bo'layotgan narsalarni baholashda shoshma-shosharlikka yo'l qo'ymang. Siz shahsiy haqorat deb qabul qilgan narsangiz shunchaki hazil yoki noto'g'ri tuzilgan jumla bo'ladi. 
Sevgi bashorati 
Sevgan insoningiz bilan yaqinlashishga katta qadamlar qo'ymang. U ushbu jadal harakatlarni majburiyat deb sanashi va bir kun shiddatingiz pasayganida sizdan ketishi mumkin. 

Qisqichbaqa 22.06-22.07 
Bugun nima qilish kerakligini tushunishga harakat qiling. Aks holda erishgan narsangiz tutunday yo'q bo'ladi. 
Sevgi bashorati 
Bugun sevgan insoningiz uning hatosi qaerdaligini tushunishi qiyin bo'ladi. Unga buni ehtiyotkorlik bilan tushuntirishga harakat qiling. Va bundan uning hafa bo'lib qolmasligiga ham e'tiborli bo'ling. 

Arslon 23.07-23.08 
Bugun aqlingizga quloq tutib ish qilmang – ichingizdagi ovozga quloq tuting. Faqat ular bayzi qoidalar bilan tanish emas, shuni inobatga oling. 
Sevgi bashorati 
Bugun ahmoqona gaplarni gapirib yubormaslik uchun o'zingizni tutib turishingiz qiyin bo'ladi. Agar aytmasangiz hozir portlaydiganday tuyulyapsizmi, agar aytib yuborsangiz, tinglovchilar portlashadi. 

Parizod 24.08-23.09 
Bugun hamma ham sizning harakatlaringizni tushunishga qodir bo'lmaydi, ammo bu ulardan voz kechish uchun sabab emas. Keyin tushunib rahmat ham aytishadi. 
Sevgi bashorati 
Agar bugun qiyin vaziyatga tushib qolsangiz, maslahat so'rab, sevgan insoningizga emas do'stingizga murojaat qiling. Baribir sevgan insoningiz istasa ham sizga yordam qila olmaydi. Bundan tushkunlikka tushib qoladi, siz buni istamysizku to'g'rimi?.. 

Tarozi 24.09-23.10 
Sizning hudbinligingiz juda avjida, boshqalar aytmasdan oldin uni bir nima qiling. Tashqi ko'rinishingizni ham to'g'rilab oling. 
Sevgi bashorati 
Bugun shahsiy hayotingizda qandaydir muhim o'zgarishlar ostonasida ekanligingizni his etasiz. Ehtimol sizning hislaringiz sizni aldayotgandir, ammo ehtimol hammasi teskari ham bo'lishi mumkin. Shu sababli yuragingiz ovoziga quloq tuting. 

Chayon 24.10-22.11 
Agar vaqtingiz etarli bo'lganida bugun juda katta muammoni muhokama qilishingiz mumkin bo'lardi. Umuman olganda – istasangiz vaqt ham topiladi. 
Sevgi bashorati 
Bugun Aqrablar juda ko'p hislarni boshdan kechirishlari va ularni ovozlari bilan izhor qilishlari mumkin. Juda qattiq baqirmang - albatta, oldingizda aybdorlar – ammo buning uchun ovozingizni balandlatishingiz shart emas. So'z bilan tushuntirsa ham bo'ladi. 

O'qotar 23.11-21.12 
Bugun qandaydir echilmay qolib ketgan muammo o'zi haqida eslatadi. Istasangiz unga u qadar katta eytibor qaratmasangiz ham bo'ladi. Uni echib vijdoningiz oldida pok bo'lasiz, hech narsa o'zgarmaydi. 
Sevgi bashorati 
Bugun yangi tanishuvlar orttirish hamda o'zingizni ular orasida yulduzday his etish uchun juda maqbul kun. Darvoqe, ular orasidan o'zingizga munosib juftingizni topish ehtimolingiz katta. 

Tog' echkisi 22.12-20.01 
Bugun kun bo'yi hislaringiz tartibsiz bo'ladi. Sizga hatto eng oson masalalarni echish ham qiyin bo'ladi. Bekorga asabiylashmang, yaqinlaringiz fikriga suyaning. 
Sevgi bashorati 
Bugun siz uchun asosiysiz juda oshirib yubormaslik. Bugun uyingizda juda katta kuch talab qiladigan qandaydir ish bo'ladi. Balki anchadan beri mo'ljallagan ishingiz bordir? Yordamga yaqinlaringizni chaqiring – ularga ham juda yoqimli bo'ladi. 

Qovg'a 21.01-18.02 
O'zingizga nisbatan u qadar qattiqo'l bo'lmang. U juda yahshi odam. Bugun u nafaqat sizga, balki atrofdagilarga ham yoqadi. 
Sevgi bashorati 
Birgalikda sayr qilish uchun juda maqbul kun. Qo'l ushlashib, divan, televizor, dacha yoki uy qidirishga qo'rqmay otlanavering – albatta o'zingizga kerakli narsani topasiz. Birgalikda optimistik ruh va yahshi kayfiyatni olishni unutmang. 

Baliq 19.02-20.03 
Bugungi kun juda sermahsul bo'ladi. Aqlingizga suyanasizmi, mantig'ingiz yoki maftunkorligingiz bilan ish tutasizmi – omad siz tomonda bo'ladi. 
Sevgi bashorati 
Bugun o'zingizga va o'z kuchingizga u qadar qattiq ishonmang. Sevgan insoningizga suyaning, aks holda bugungi uchrashuvingizdan yahshi narsa chiqmaydi. Xar holda yulduzlarning fikri shunday.


Категория: MUNAJIMLAR BASHORATI | Теги: munajjimlar bashorati
Просмотров: 1819 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 10:56
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz