Главная » SOG'LIK (SIXAT-SALOMATLIK)

Coca-Cola Zararlimi.?




Kola temirni eritadi. Kola uyni tozalash uchun eng yaxshi vosita. Yana boshqa fikrlarga qaraganda, AQSh polisiya xizmati xodimlari jinoyat joyidagi qon izlarini aynan kola yoradamida tozalaydilar. Bu xildagi keskin fikrlarga qaramay, hammamiz hali ham kola ichmoqdamiz. Shuni hisobga olgan holda, biz kolaning inson organizmi uchun qay darajada zarar ekanligini o'rganib chiqishga qaror qildik. Nima uchun kolani iste'mol qilish ta'qiqlanishini aniqlash uchun u nimasi bilan zararli ekanini aniqlashimiz lozim. Temirni eritishi kabi hammaga ma'lum faktlardan qochib, u organizmimizga qanday ta'sir qilishini o'rganib chiqamiz. 40 qoshiq shakar Shakar organizmga kolaning tarkibidagi boshqa ingredientlarga qaraganda ko'proq zarar keltiradi. Kolada shakar juda ko'p miqdorda. 100 gramm ichimlikda 9 gramm shakar bor. Undan ko'ra sharbat ichganimiz yaxshi. Misol uchun, olmali sharbati. Keling, do'konlarda sotiladigan oddiy sharbatda shakar miqdori qancha ekanligini Googledan so'rab ko'ramiz. Ichimlik tarkibida shakar miqdori ko'pligi haqidagi afsona juda mashhur va kolani sevib iste'mol qiluvchilarga qarata aytiladigan sabablardan biridir. Uglevod darajasi bunchalik yuqori bo'lgan ichimlikni ichish yaxshi fikr ekanligiga qaramay, kola do'kondagi boshqa sharbatlarga qaraganda yomonroq emas. Koladagi shakarning qonga etib borishi, insulin ajralishi, shakarning yog'ga aylanishi jarayonini juda “yorqin” tarzda hikoya qiluvchi o'nlab maqolalarda haqiqat bor. Ochig'ini aytganda, qomatingiz uchun siz bir stakan kola ichasizmi yoki apelsin sharbatimi organizm uchun bir xilda ta'sir qiladi. Shu bois parhez uchun mo'ljallangan kola juda qiziq muqobil variantga aylanmoqda. Uning tarkibida shakar o'rniga sun'iy shakar o'rnini bosuvchi modda bor va bankadagi 0,2 kilokaloriya to'g'ri ko'rsatilgan. Kola oshqozonni “yeydi” 2008 yilda kola oshqozonda ovqat qoldiqlaridan tashkil topgan toshlar – fitobezoarlarni eritish xususiyatiga ega ekanligini isbotlagan tadqiqot o'tkazilgan edi. Ichimlik oshqozondagi begona jismlarni eritish imkoniga ega ekanligiga qaramay oshqozonni eb qo'ya olmaydi. Kola tarkibidagi ortofosfor kislota pH 2,8 ga ega. Oshqozondagi tuz kislotasi esa normal holatda 1,5 dan 2,5 gacha bo'lgan pHga ega bo'ladi. Bu ko'rsatkich qanchalik past bo'lsa, kislotalilik yuqori bo'ladi, shuning uchun koladagi kislota tuzli kislotaga qaraganda agressiv emas. Ko'plab Evropa davlatlarida shifokolar kolani oshqozon buzilishini davolash vositasi sifatida tavsiya etadilar. Kofein Bir kunda bir finjon kofe icha turib, biz nima uchundir kofeni moddasidan qo'rqamiz. 1 litr kofe ichimligiga 80 milligramm kofein to'g'ri keladi. Bir finjon espressoda taxminan 50-75 milligramm kofein bor, aynan shu miqdordagi kapuchino tarkibida 154 milligramm kofein moddasi mavjud. Kola insonni kofega qaraganda kam tetiklashtirmaydi. Kofeni har kuni iste'mol qiladigan insonlar esa koladagi kofeindan maxsus effektni his qilishmaydi. Aytgancha, kola yordamida tetiklanishni istasangiz, u holda parhez uchun mo'ljallanganini xarid qilgan ma'qulroq. Unda 40 foizdan ortiqroq kofein mavjud. Kolani nima uchun yonini olyapmiz? Maqsad taom iste'mol qilishda me'yorni bilish juda muhim ekanligini ko'rsatishdan iborat. Inson tomonidan tayyorlangan boshqa har qanday oziq- ovqat mahsuloti kabi kola ham organizmga foyda keltirmaydi (ba'zi kamdan-kam uchrab turadigan hollardan tashqari). Shu bilan birga bir stakan kola ham hech qanday zarar keltirmaydi. Biz sizni har kuni bir litr kola ichishga chaqirmayapmiz. Undagi qand miqdori tufayli bu sog'lig'ingizga hech qanday foyda olib kelmaydi. Biroq ha, deb kolaning zararli xususiyatlari haqida bong uraverish ham yaramaydi. Bu haqida siz nima deb o'ylaysiz? Siz bir kunda qancha miqdorda kola iste'mol qilasiz?

Источник: Mp3lar.com
Категория: SOG'LIK (SIXAT-SALOMATLIK) | Добавил: AdminoFF (08.06.2016)
Просмотров: 924 | Теги: Coca-Cola | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar