Главная » DUYNO XABARLARI

Dahshatli qotillik: Ona 1,5 yosh qizini daryoga tashlab yubordi




Kecha, 24 oktabr kuni tunda Qozog‘istonning Irtish daryosi bo‘yida dahshatli qotillik yuz berdi. Ona o‘z farzandini daryoga tashlab yubordi. Bu haqda “Nur.kz” xabar bermoqda.
 
Ma’lumotlarga ko‘ra, turmush o‘rtog‘i bilan janjallashib qolgan 22 yoshli ayol Irtish daryosi bo‘yiga o‘z joniga qasd qilish va qizini ham o‘zi bilan u dunyoga olib ketish istagida keladi. Avval, u qizini daryoga tashlaydi. Keyin esa o‘zi tushmoqchi bo‘ladi, ammo so‘nggi daqiqada o‘zini o‘ldirish fikridan qaytadi.
 
Kechadan beri qizaloq tashlab yuborilgan joyda politsiya va maxsus qutqaruv xizmati tomonidan qidiruv ishlari olib borilmoqda. Qutqaruvchilar Irtish daryosiga 400 metr chuqurgacha tushishdi, ammo qizaloqning jasadi hozircha topilmadi.
 
“Biz atrofidagi hududlarni ham izlayapmiz. Kechadan beri vodolazlar suv tubiga, 400 metr chuqurgacha tushishdi, ammo biror natija bo‘lgani yo‘q. Qizaloq juda kichik, endigina 1,5 yosh bo‘lsa, suv juda tez oqayapti. Oqim uni uzoqqa olib ketgan bo‘lishi mumkin”, deydi qutqaruvchilardan biri Rinat Babajanov.
 
Ayni vaqtda politsiya qotil-onaga nisbatan jinoyat ishi ochilganini va u 10 yilga ozodlikdan mahrum etilishini ma’lum qilmoqda. Qurqaruvchilar esa qizaloqning jasadini oson kechmasligini aytishmoqda.
 

Источник: qalampir.uz
Категория: DUYNO XABARLARI | Добавил: AdminoFF (25.10.2016)
Просмотров: 763 | Теги: qotilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar