Daily Mail 11 yoshli tojik bolaning uzun kipriklariga e’tibor qaratdi (foto)


Britaniyaning Daily Mail nashri 11 yoshli tojik bolaning uzun kipriklariga e’tibor qaratdi, deb  yozadi “Asia Plus”

Muin Bachonayev 2012-yilda Rossiya rekordlar kitobining “Eng uzun kipriklar” sahifasiga kiritilgan.


Muinning otasi Zaydullo Bachonayevning aytishicha, o‘g‘lining kipriklari uzun ekanligini tug‘uruqxonadayoq payqashgan. O‘shanda chaqaloqning kipriklari uning labiga tushib turardi. Ota-onasi Muinni shifokorlarga ko‘rsatgan, ular esa bolaning sog‘lom ekanligini aytgan.

Muin futbol o‘ynashni yaxshi ko‘radi hamda katta bo‘lganida zo‘r futbolchi bo‘lishni orzu qiladi. U Moskvaning “Spartak” futbol akademiyasining 2006-yilda tug‘ilgan bolalar guruhi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.


“Men hamma odamlar singari yashayman. Kipriklarim haqida ortiqcha qayg‘urishning hojati yo‘q, ular menga noqulaylik tug‘dirmaydi”, — deydi Muin.Hozirda Muinning kipriklari uzunligi 4,5 santimetrni tashkil etadi, u allaqachon Rossiya rekordlar kitobiga kiritilgan. U Ginnesning rekordlar kitobiga kirishi uchun kipriklarini yana 7 santimetrga o‘stirishi kerak. O‘shanda u 6,99 santimetr kiprikka ega Styuart Myullerdan o‘zib ketadi.



Категория: DUYNO XABARLARI
Просмотров: 3076 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 12:35
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz