Devid va Viktoriya Bekxemlarning ashrashayotgani haqidagi gaplar bo‘hton...mi?


Xabaringiz bor, mashhur sobiq futbolchi Devid Bekxem va dizayner Viktoriya Bekxem o‘rtasidagi munosabatlarga putur yetayotgani va ularning ajrashishga qaror qilishgani borasida ommaviy axborot vositalari orqali to‘xtovsiz xabarlar berib borilmoqda. Farzandlar, xususan, ularning to‘ng‘ich o‘g‘li Bruklin hamda qizchasi Xarper tufayli juftlik o‘rtasida chiqqan kelishmovchiliklar ajralishgacha olib borishi ham mumkinligini inkor etib bo‘lmaydi. Shunday bo‘lsa-da, hozircha ular ko‘p vaqtlarini birgalikda o‘tkazishmoqda. Xorijiy OAVlarning ma’lumot berishicha, sud ularga 6 oy davomida boshqa-boshqa mamlakatlarda yashash taklifini bergan edi. Ba’zi nashrlarningma’lumotlariga ko‘ra, ular ajrashish bilan bog‘liq gap-so‘zlarni yolg‘on ekanini aytishgan.

Biz ham ushbu juftlik, umaman Bekxemlar oilasining taqdiri qanday kechishi borasida doimiy ravishda voqealar rivojini kuzatmoqdamiz. Bir necha kun avval ajralish haqidagi gap-so‘zlarning yolg‘on ekaniga yana bir ishora sifatida Devid rafiqasi Viktoriyaning Los-Anjelesdagi yangi moda ko‘rgazmasiga farzandlari bilan tashrif buyurdi. Ushbu modalar ko‘rgazmasida ham ularni jurnalistlar o‘rab olishdi va ajrashish haqidagi turli savollar bilan murojaat qilishdi.

22 fevral kuni esa Bekxemlar oilasi Los-Anjeles aeroportida yana diqqat markaziga tushishda. Malibuga o‘g‘illari Kruzning 11 yoshini nishonlash uchun uchib ketgan oila a’zolarining ko‘rinishini juda baxtli deb bo‘lmasada, ular harqalay birga!

Biz ushbu juftlikning muhabbati tarixi, mashhurlikka erishgungacha bo‘lgan yo‘lni birgalikda, tosh va suv kechib bosib o‘tganliklari haqida ko‘p eshitganmiz. O‘ylaymizki, ajralish haqidagi gaplar, shunchaki OAVning navbatdagi shov-shuvli taxmini. Voqealar rivojini kuzatamiz.
Umida Yakubova


Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: Devid va Viktoriya Bekxem
Просмотров: 1113 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 23:56
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz