Dilnoza Kubayeva o‘zbekcha kliplardagi ba’zi jumlalardan uyalishini aytib o‘tdi


Taniqli aktrisa Dilnoza Kubayeva qizlarni go‘zallikni targ‘ib qilishga chaqirdi. Bu haqda “Bekajon” gazetasi xabar berdi.
“Tilimizga bo‘lgan e’tiborimiz ham susayib bormoqda. Ko‘pgina tengdoshlarimiz ruscha so‘zlarni aralashtirib gapirishadi, bu ham yetmaganday, keyingi paytda inglizcha so‘zlarni ham aralashtirish modaga aylanyapti”, — dedi Dilnoza Kubayeva.
“Ona tilimiz juda boy. Televideniye orqali namoyish etilayotgan kliplardagi jumlalarni eshitib, uyalib ketaman. Biz, eng avvalo, go‘zallikni targ‘ib qilishimiz kerak. Chiroyli kiyinib yurishni istaymizu, lekin chiroyli gapirishni nega istamaymiz?”, — dedi aktrisa.
“Quloqlarimiz chiroyli so‘zlarni eshitgisi, ko‘zlarimiz go‘zal narsalarni ko‘rgisi kelarkan. Shuning uchun, qayerda bo‘lishimizdan qat’iy nazar, o‘zbek ayoli ekanligimizni unutmaylik”, — deya qo‘shimcha qildi aktrisa Dilnoza Kubayeva.


Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: Dilnoza Kubayeva
Просмотров: 2372 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 02:19
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz