Dilso'z (Biografiyasi)


Dilso'z tahallusi bilan estradamizga kirib kelgan yangi yulduzimiz Go'zal Jumaniyozova 1989-yil Navoiy shahrida tavallud topdi. U Navoiy shahridagi 11-maktabni tamomladi. Maktabda o'qish bilan birga tadbirlarda qo'shiq ham kuylab turardi. Maktab davrida eng sevgan qo'shig'i bu Jasur Mirsagatovning "O xayot" qo'shig'i edi. Shu qo'shiqni juda mahorat bilan ijro etardi. Dilso'z maktabni tamomlagandan so'ng, Navoiydagi "Madaniyat va san'at kolleji"ning xor direjyorlik bo'limini tamomlaydi. Xozirgi kunda esa xonanda Navoiy Pedagogika institutining "Pedagogika fakulteti"ning musiqiy ta'lim bo'limi talabasi. Shu bilan birga tinib-tinchimas Dilso'z qo'shiq kuylashni ham davom ettirmoqda. Uning TV va radioto'lqinlari orqali 3 a qo'shig'i namoyish etildi. Uning qo'shiqlari muhlislarga juda ham ma'qul bo'lib "Jonim ozori" va "Sevikli yorim" qo'shiqlari xit darajaga yetdi. Xonanda o'qish bilan bir vaqtning o'zida "New Star Media" markazida o'z faoliyatini olib bormoqda.


Категория: YULDUZLAR HAQIDA (HAYOTI) | Теги: Dilso'z, Biografiyasi
Просмотров: 15371 | Рейтинг: 1.0/1

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 10:34
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz