Diqqatni ishga jamlashning 15 uslubi


Ba’zida ishda diqqatni jamlash qiyin bo‘ladi. Doimiy ravishda ijtimoiy tarmoqlar yoki hamkasblar bilan suhbatga chalg‘iymiz. Vazifani maksimal darajada tez va sifatli bajarish kerak bo‘lgan vaqtlar ham bo‘ladi. 
Sizlar uchun diqqatni ishga jamlashning 15 ta g‘aroyib usulini topdik, ularning samaradorligi ilmiy tadqiqotlar bilan isbotlangan.
1. Bajarilayotgan vazifalar miqdorini kamaytirish. Michigan universiteti olimlari tadqiqotlar davomida shunday xulosaga keldilar, inson miyasi bir vaqtning o‘zida ikkitadan ortiq bo‘lmagan vazifani bajarganidagina samarali ravishda ishlaydi.
2. Biroz meditatsiya qiling. Diqqatni ishga qaratishning yana bir usuli – meditatsiya qilish. Olimlar fikriga ko‘ra, har kungi meditatsiya miya ish faoliyatini yaxshilab, diqqatni jamlash xususiyatini oshiradi.
3. Sport bilan shug‘ullanish. Garvard tibbiyot maktabi olimlari jismoniy mashqlar “miyaning neyrotrofik omili” (BDNF) deb ataladigan oqsil ishlab chiqarilishiga ta’sir ko‘rsatishini aniqlashdi, u xotira va e’tiborlilikni yaxshilaydi. Muvaffaqiyatning bosh kaliti - mashqlarni doimiy ravishda bajarishda.
4. Ishlar ro‘yxati muhim vazifalar to‘g‘risida unutib qo‘ymasligingizga yordam beradi. Olimlar bergan ma’lumotlarga ko‘ra, biz oxiriga yetkazilmagan ishlarni yaxshi eslab qolamiz va ish vaqtida ularga ko‘p marotaba chalg‘iymiz. Ro‘yxat esa joriy vaqt davomida haqiqatan ham muhim bo‘lgan ishga diqqatni qaratishga yordam beradi.
5. Bir finjon qahva. AQSh milliy biotexnologiya ma’lumotlar markazi tadqiqotlariga ko‘ra, kam dozadagi kofein charchagan vaqtingizda e’tiboringizni jamlab olishga yordam beradi.
6. Kichik tanaffuslar. Illinoys shtati universiteti olimlarining xulosasiga ko‘ra, dam olish uchun ajratilgan qisqa tanaffuslar kun davomida quvvatni tejashga yordam berishi mumkin. Olimlar bunday xulosaga bir necha tajribalarni amalga oshirganlaridan keyin kelganlar, ya’ni unda bir guruh odamlar kompyuterda tanaffus bilan ishlaganlar, boshqa guruhga esa bunday dam olish vaqtlari ajratilmagan.
7. Ishdan to‘laqonli dam olish. Ishdan ketayotib, qolib ketgan ishlarni “unutish” va dam olish tavsiya etiladi. Bunday yo‘l tutsangiz, ofisga qaytganingizda vazifaga yangicha ko‘z bilan qaray olasiz va tezroq yangi yechim topishga muvaffaq bo‘lasiz.
8. Vazifachalarni hal etish. Mazkur usulni universal deb bo‘lmaydi, biroq tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, ba’zilar “miya uchun mashqlardan” foyda oladilar.
9. Sukunat. Seton-Xill unversiteti tadqiqotlari shuni ko‘rsatdiki, inson organizmi shovqinga ko‘nika olmaydi. Shovqin qanchalik ko‘p bo‘lsa, organizmda shuncha ko‘p kortizol ishlab chiqariladi, bu gormon esa zo‘riqishlar vaqtida ajraladi.
10. «20/20/20» qoidasi. Shifokorlar doimiy ravishda kompyuterda ishlaydiganlarga har 20 daqiqada uzoqligi 20 fut (6 metrga yaqin) nuqtaga 20 soniya davomida tikilib turishni maslahat beradilar. Bu ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni chetlab o‘tishga yordam beribgina qolmay, ishga diqqatni jamlashda ham qo‘l keladi.
11. Tiniqib uxlash. Parishonlik - doimiy ravishda miriqib uxlamaslik oqibatlaridan biridir. Tiniqib uxlash zo‘riqishlarga chidamlilik va xotira darajasini oshiradi.
12. “Offlayn” ishlash. Ba’zida ish vaqtida internetni o‘chirib qo‘ying. Bu sizni chalg‘itayotgan omillarni kamaytirish va joriy vazifalarga diqqatni qaratishga yordam beradi.
13. Ish joyini tez-tez o‘zgartirish, olimlar fikriga ko‘ra, diqqatni oshirish va samaradorlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Biz ish joyi bilan bog‘liq masalalarga chalg‘ishga majbur bo‘lamiz, bu esa kuchimizni oladi.
14. Aniq belgilangan ish vaqti. Oldindan qaysi vaqtda qanday ish bilan mashg‘ul bo‘lishingizni belgilab oling. Eng murakkab vazifalarni kuch va g‘ayratingiz ko‘p bo‘lgan vaqtga ajrating va mazkur grafik bo‘yicha ishlashga harakat qiling. 
15. Bekorchilik. Bunday dam olish vaqtni smarfonga sarflashdan ko‘ra yaxshiroq. Biroq Garvard universiteti olimlari bu hammaga ham qo‘l kelmasligini aytishgan. Tadqiqotlarga ko‘ra, ko‘plab odamlar o‘zlarining qisqa tanaffuslarida smartfon va gadjetlar bilan ovora bo‘lganlarida samaraliroq bo‘lishgan.


Категория: BILASIZMI? | Теги: Usul, Bilasizmi?
Просмотров: 1932 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 06:18
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz