Главная » SHOU-BIZNES habarlari

“Dunyoni bering bolajonlarga”. O‘zbek shou-biznesi vakillari Instagram’da yig‘layotgan bolalarning ayanchli suratlarini e’lon qila boshladi


O‘zbek shou-biznesi vakillari Instagram’dagi sahifalarida ayanchli yig‘layotgan bolalar va “Dunyoning bering bolajonlarga” yozuvi eks etgan suratlarni e’lon qila boshladi.

 


Suratlarda asosan jahonning qurolli nizolar yuz bergan va berayotgan hududlaridagi bolalar aks etgan. Ularda vayronagarchiliklar, yig‘layotgan yoki achinarli ahvolda turgan bolalarni ko‘rish mumkin. Har bir suratda “Dunyoning bering bolajonlarga” yozuvi bor.
 



Mashhurlarning akkauntlarida ba’zan bir xil suratlar e’lon qilinmoqda. Xususan, xonanda va aktyor Jahongir Poziljonov, rejissor Jahongir Ahmedov va xonanda Dilso‘zning profillarida bir xil, “Afruz” guruhi hamda “Sayyod.com” sayti profilida ham boshqa turdagi bir xil suratlar e’lon qilingan.







Bu qandaydir yangi aksiyami yoki shou-biznes vakillarining mustaqil tashabbusi — bunga aniqlik kiritilmagan. Mazkur suratlar nima munosabati bilan e’lon qilinayotgani ham aniq emas. Suratlar ostida foydalanuvchilarning aksariyati bu suratlar nima sababdan e’lon qilinayotgani haqida ko‘plab savollar qoldirgan.

 

Источник: Daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Добавил: AdminoFF (17.08.2016)
Просмотров: 776 | Теги: instagram | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar