Главная » 2016 » Август » 27 » Dunyoning eng semiz bolasi maktabga mustaqil qatnash uchun ozishga majbur bo`ldi
18:05
Dunyoning eng semiz bolasi maktabga mustaqil qatnash uchun ozishga majbur bo`ldi




Indoneziyalik, dunyoning eng semiz bolasi deb tan olingan Ariya Permen maktabga o`zi mustaqil qatnashi uchun 5 kilogrammga ozdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.  

“Men o`zimni engil his qilyapman, oldingidek och qolmayapman. Foydali mahsulotlarni iste`mol qilish yoqadi”, deydi Perman. Unga buyurtma asosida maktab formasi tikilgan. Bola maktabga o`zi mustaqil qatnashidan judayam xursand.

Permanni ilgari ochlik hissi qiynagan, u kuniga besh marotaba guruch, baliq, mol go`shti va sho`rva iste`mol qilgan. 10 yoshli bola 230 kilogramm vaznga ega bo`lib, mustaqil ravishda o`tirib tura olmagan, yurolmagan.

2016 yilning iyun oyida uni ota-onasi maxsus parhez tutishga, bundan tashqari har olti daqiqada yurishga, suzish bilan shug`ullanishga, jismoniy mashqlarni bajarishga majbur qilgan. Ikki oy davomida u 5 kilogrammga ozgan. Bolaning onasi o`g`li tug`ilgandanoq boshqa chaqaloqlardan pahlavonligi bilan farq qilganini, o`g`lining baquvvat va sog`lomligidan xursand bo`lganini, ammo oradan yillar o`tgach, semirib ketganini bildirgan. Uni kasalxonaga olib borishganda, vrachlar bolaning sog`lomligini tasdiqlagan. Ariyani tekshiruvlardan o`tkazish uchun ota-onasi qarzga pul olgan. Ammo 2016 yilda milliy va dunyo OAVlari bola haqida yozgandan keyin vaziyat ijobiy tomonga o`zgargan.


 
Прикрепления: Картинка 1
Категория: DUYNO XABARLARI | Просмотров: 454 | Добавил: AdminoFF | Теги: eng semiz bola | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Добавить коментарий

Имя *:
Email:
Подписка:1
Код *: