Durdona To‘laganova “9-raqamli bemor”ni ruhiy xastalar shifoxonasida suratga oldimi?


O‘zbekiston kinoteatrlarida yaqin vaqt ichida rejissor Durdona To‘laganovaning yangi — “9-raqamli bemor” deb nomlangan filmi namoyishlari boshlanishi kutilmoqda. Turli gap-so‘zlarga ko‘ra, film ruhiy xastalar shifoxonasida suratga olingan.

Shu va film bilan bog‘liq boshqa ma’lumotlarga oydinlik kiritish maqsadida, jurnalist Feruz Muhammad rejissor Durdona To‘laganova bilan bog‘landi.

— Hindistonlik kinoijodkorlar nomi filmingiznikiga o‘xshash kartina suratga olgan. Ikki film o‘rtasida qanchalik o‘xshashlik bor? Umuman, film nomi va g‘oyasi haqida qisqacha ma’lumot bersangiz.
— “9-raqamli bemor”ning Bollivudda suratga olingan filmga hech qanday aloqasi aloqasi ham, o‘xshashligi ham yo‘q. Film nomiga kelsak, agar uning nima uchun “9-raqamli bemor” deb nomlanganini aytsam, tomoshabinga filmning qizig‘i qolmaydi.

— Filmda qaysi aktyor-aktrisalarni ko‘rishimiz mumkin?
— Filmda Feruza Normatova, Zuhra Soliyeva, Muyyassar Berdiqulova, Anjelika Esimbetova, Muhammadsoli Abduqunduzov kabi aktyorlar, shuningdek, xonanda Ali Otajonov suratga tushgan.

— Film “O‘zbekkino” Milliy agentligining tasdig‘idan o‘tdimi? Premyera qachon?
— Film “O‘zbekkino” Milliy agentligining tasdig‘idan o‘tdi, lekin premyera kuni hali belgilanganicha yo‘q.

— Ma’lumotlarga ko‘ra, film ruhiy xastalar shifoxonasida suratga olingan ekan?
— Yo‘q, bu noto‘g‘ri ma’lumot. Filmda ko‘rsatilgan ruhiy xastalar shifoxonasini o‘zimiz maxsus tayyorladik.



Категория: KINO YANGILIKLARI | Теги: 9-raqamli bemor, Durdona To‘laganova
Просмотров: 1941 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 04:25
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz