EChL. «Yuventus» «Bavariya» uchrashuvida durang qayd etildi


23 fevral oqshomida YeChLning nimchorak final bosqichi doirasidagi yana bir uchrashuv Turinda, "Yuventus" va "Bavariya" jamoalari o‘rtasida o‘tkazildi.
O‘yinning birinchi bo‘limi germaniyaliklarning ustunligida o‘tdi va bo‘lim so‘ngida myunxenliklar Tomas Myullerning goli evaziga hisobni ochishdi. Ikkinchi bo‘lim boshida Aren Robben oradagi farqni ikkita golga oshirdi.
Mezbonlar o‘yin oxiriga qadar mag‘lubiyatdan qutulib qolishdi. Avvaliga, 63 daqiqada Dibala himoyachilarning xatosini golga aylantirgan bo‘lsa, 76 daqiqada Sturaro qanotdan yetkazilgan uzatmani darvozaga joyladi.
Shu tariqa, dastlabki o‘yinda tomonlar jangovar durangga imzo chekishdi. Javob o‘yini 2 haftadan keyin "Alyans Arena"da bo‘lib o‘tadi.
YeChL, nimchorak final, dastlabki o‘yin
Yuventus Italiya – Bavariya Germaniya 2:2 (0:1, 2:1)
Gollar: 0:1 – 43 Myuller, 0:2 – 55 Robben, 1:2 – 63 Dibala, 2:2 – 76 Sturaro. 
Yuventus – Buffon, Bonuchchi, Evra, Lixtshtayner, Bardzali, Kuadrado, Xedira (Sturaro, 69), Markizio (Ernanes, 46), Pogba, Dibala (Morata, 75), Mandjukich.
Bavariya – Noyer, Lam, Bernat (Benatiya, 74), Alaba, Robben, Vidal, Alkantara, Kimmix, Duglas Kosta (Riberi, 84), Levandovski, Myuller.
Ogohlantirishlar: Duglas Kosta (20), Levandovski (70), Morata (79), Vidal (90).

 


Категория: SPORT YANGILIKLARI | Теги: Bavariya, yuventus
Просмотров: 879 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 10:06
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz