Главная » SPORT YANGILIKLARI

Endi Evro-2016 o'yinlarini Respublikamizning barcha hududlarida tomosha qilishingiz mumkin



Futbol bo'yicha Evropa chempionatiga (EVRO-2016) yurtimizdagi keng audiyatoriyaning katta qiziqishini inobatga olgan holda UZREPORT TV telekanali mazkur musobaqani eksklyuziv translyaciya qilish huquqini qo'lga kiritdi va hozirda EVRO-2016 bahslari to'g'ridan-to'g'ri namoyish qilinmoqda.

Ko'plab futbol muxlislarining talab va istaklarini inobatga olgan holda, UZREPORT TV telekanali EVRO-2016 o'yinlarini 17 iyundan boshlab yurtimizdagi hududiy telekanallarda retranslyaciya qilish bo'yicha O'EOAVMA bilan o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'ydi.

SHu tariqa EVRO-2016 o'yinlarini endi quyidagi hududiy telekanallar orqali tomosha qilish mumkin bo'ladi: Muloqot TV (Qo'qon), Ruxsor TV, Marg'ilon TV (Marg'ilon), Jizzax TV (Jizzax), STV (Samarqand), Istiqlol TV (Buxoro), Nasaf TV (Qarshi), Ishonch TV (Termiz), Ellikqala TV (Qoraqalpog'iston).

Bu holat viloyatlardagi muxlislar uchun EVRO-2016 bahslarini nafaqat suniy yo'ldosh orqali yoki IPTV xizmatidan foydalangan holda, balki mahalliy telekanallar orqali ham tomosha qilish imkoniyatini taqdim qiladi.

O'zaro kelishuvga ko'ra hududiy telekanallar har kuni soat 23:45da boshlanadigan o'yinlarni to'g'ridan-to'g'ri retranslyaciya qiladi. Soat 20:45da boshlanadigan uchrashuvlar esa tungi soat 01:45da yozib olingan holda namoyish qilinadi.

Evro-2016 Evropaning futbol bo'yicha eng nufuzli musobaqasi bo'lib, joriy yilning 10 iyunidan 10 iyuliga qadar Franciyada o'tkazilmoqda.24ta terma jamoaning Franciyaning 10ta stadionidagi murosasiz kurashi Evro-2016 musobaqasini O'zbekiston hududida translyaciya qilishning eksklyuziv huquqini qo'lga kiritgan UZREPORT TV telekanali orqali to'g'ridan-to'g'ri efirda namoyish qilinmoqda.

UZREPORT TV telekanali “EVRO-2016”dan 58ta o'yinni translyaciya qilishini ham takidlab o'tish kerak. Bunda 45 ta o'yin to'g'ridan-to'g'ri translyaciyada, guruh o'yinlarining bir vaqtning o'zida bo'lib o'tadigan 6ta uchrashuvi yozib olingan holda, guruh bosqichidan keyingi 7 ta o'yini (chorak finallar, yarim finallar va final) qo'shimcha takrorlari bilan ko'rsatiladi.

Teletomoshabinlarga eslatmoqchimizki, ayni paytda telekanalimizni O'zbekiston kabel televideniesi (O'KT), “UzDigital TV”, “STARS TV”, “IPTV”, “Vodiy Sadosi Yoshlar teleradiokompaniyasi” (YOTRK) abonentlari hamda www.mediabay.tv internet-resursi foydalanuvchilari ko'rishlari mumkin.

Takidlash lozimki, 2015-yilning 1-dekabridan boshlab telekanal suniy yo'ldosh orqali namoyish qilina boshlandi va uni suniy yo'ldosh antennalari egalari ham O'zbekiston hududida, ham Evroosiyoning boshqa mamlakatlari hududida ko'rishlari mumkin.

UZREPORT TV telekanalining signalini qabul qilish uchun texnik parametrlar: 

Suniy yo'ldosh - Yamal 401, 90° SHimoliy nur Ku diapazoni 

Qabul qilish chastotasi - 11.505705 GGs

Simvol tezlik - SR = 2280 ksps

Modulyaciya - DVB-S QPSK 1/2

Qabul qilish polyarizatsiyasi – vertikal

O'lchami - standart (720x576i) 

Kompressiya - MPEG-4

Tavsiya qilingan antenna diametri - 100 sm.dan ortiq


Источник: championat.asia
Категория: SPORT YANGILIKLARI | Добавил: AdminoFF (17.06.2016)
Просмотров: 618 | Теги: UzReport TV | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar