Eronda Telegram messenjeri blok qilindi


Eronda Telegram messenjerining trafiki to‘liq blok qilingan. Bu haqda, “Gazeta.ru” xabariga ko'ra servis egasi Pavel Durov Twitter’dagi sahifasida ma'lum qilgan.

“Eron Axborot va aloqa vazirligi Telegram’dan ularni josuslik va senzura vositalari bilan ta’minlashni talab qildi. Biz ularning talabini rad etdik, ular esa bizni blok qildi”, — deb yozadi Durov.Durovning ma’lum qilishicha, Telegram dasturchilari markaziy serversiz “foydalanuvchidan foydalanuvchiga” tamoyili asosida ishlaydigan p2p-protokolini ishlab chiqishi ustida ishlamoqda, bunday protokol Erondagi kabi blok qilish holatlarini aylanib o‘tish imkonini beradi.Avvalroq ukrainalik siyosatchilar, Viber messenjerida nosozliklar borligi haqida xabarlar paydo bo‘lganidan so‘ng, ommaviy ravishda Pavel Durovning Telegram’iga o‘tayotgani ma’lum bo‘lgandi. Xususan, Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko ham Telegram’dan foydalanayotgani aytilmoqda.Ma’lumot uchun, Telegram messenjerining internet-versiyasi kompaniyaning Osiyo-Tinch okeani havzasidagi serverlariga kiberhujumlar uyushtirilganidan so‘ng, Xitoy hududida blok qilingan edi.



Категория: INTERNET TARMOG'I
Просмотров: 825 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 03:06
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz