Eronlik taniqli kinorejissor Abbos Kiorustamiy olamdan o‘tdi

Eronlik kinorejissor Abbos Kiorustamiy 4-iyul kuni, 76 yoshida Parijda vafot etdi. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.

Mart oyida ichak saratoni tashxisini olgan ijodkor Parijda davolanayotgan edi.


“Kiorustamiy Eron kinosini butun dunyoga mashhur qildi. U kino olamini o‘zgartirib yubordi: Gollivudning qattiqqo‘l filmlariga ters ravishda uni yumshatdi, insoniylashtirdi”, — deb marhumni yodga oldi uning eronlik hamkasbi Muhsin Maxmalbof.

Kiorustamiyning eng mashhur filmlaridan biri — “Gilos ta’mi” 1997-yilda Kann festivalining bosh sovriniga munosib topilgan edi. U jami 40 kartina muallifidir. Oxirgi filmini (“Oshiq kabi”) Kiorustamiy 2012-yilda Yaponiyada suratga tushirgan edi.



Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: Abbos Kiorustamiy, Eronl, kinorejissor
Просмотров: 1068 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 07:58
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz