Главная » SPORT YANGILIKLARI

EVRO-2016. Nimchorak finaldagi katta afisha: Italiya - Ispaniya




Evropa chempionatining nimchorak finalida o'tgan turnir finalchilari o'zaro kurash olib borishadi.

Antonio Konte boshchiligidagi Italiya terma jamoasi 3-tur o'yini oldidan guruhdagi birinchi o'rin masalani hal etishgan.

Ularga "D" guruhining ikkinchi o'rinni egallagan jamoasi duch kelishi ko'zda tutilgandi.

Xorvatiyadan mag'lubiyatga uchragan Ispaniya guruhni 2-o'rin bilan tugatdi va endi chorak final yo'llanmasi uchun o'tgan safar finalda ro'baru kelgan raqiblari Italiya bilan bahs boylashadi.

Demak 27 iyun kuni "Stad-de-Frans" stadionida Evro-2016 nimchorak final doirasidagi Italiya - Ispaniya uchrashuvi bo'lib o'tadi.

O'yin Toshkent vaqti bilan 18:00da boshlanadi.


Источник: championat.asia
Категория: SPORT YANGILIKLARI | Добавил: AdminoFF (22.06.2016)
Просмотров: 446 | Теги: Evro-2016 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar