Facebook iste’molchilarga internetni havo orqali yetkazib berish ustida ishlamoqda

Facebook ijtimoiy tarmog‘i internetni hamma joyga birpasda tarqatish uchun uchuvchisiz uchadigan moslamalardan hamda bir nechta sun’iy yo‘ldoshlardan foydalanmoqchi. Bu to‘g‘rida “Al-Muhiit” internet portaliga asoslanib “ITAR-TASS” axborot agentligi xabar bermoqda.

“Biz iste’molchilarga internetni tom ma’noda havodan yetkazib berishning bir necha variantlari ustida ishlamoqdamiz”, – deydi ijtimoiy tarmoq asoschisi Mark Sukerberg. Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniyaning maqsadi – “qisqa vaqt ichida hamma yoqni va har bir kishini tezkor internet hududiga qamrab olish”.

Facebook o‘zining yangi loyihasiga AQSh Milliy aeronavtika va fazo agentligi (NASA)ning eng yaxshi mutaxassislarini jalb qilmoqchi. Shuningdek, unga yangi turdagi, quyosh energiyasida ishlovchi uchuvchisiz uchadigan moslamalar yaratish ustida ish olib boruvchi yetakchi Angliya kompaniyalaridan birining olimlari ham jalb etiladi.



Категория: TEXNOLOGIYA | Теги: Internet, Facebook
Просмотров: 1282 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 02:03
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz