Facebook shaxsiy xabarlar funksiyasini alohida dasturga o‘tkazadi

Facebook ijtimoiy tarmog‘i iOS va Android platformalari uchun mo‘ljallangan dasturidan xabar almashish imkoniyatini olib tashlashni rejalashtirmoqda. U mobil chat funksiyasini alohida dastur – Facebook Messenger’ga butkul ko‘chirib o‘tkazmoqchi, deya xabar qiladi TechCrunch texnoblogi.

Shu paytgacha ijtimoiy tarmoqning mobil dasturlari shaxsiy xabarlar almashish imkonini beruvchi funksiyaga ega edi. Bundan bir necha oy avval smartfoniga alohida Messenger dasturi o‘rnatilgan foydalanuvchilar uchun Facebook bu imkoniyatni messenjerga yo‘llovchi havolaga almashtirgan. Agar foydalanuvchi Facebook ichida xabar almashmoqchi bo‘lsa, unda Messenger’ni yuklamasligi yoki o‘chirib tashlashi kerak edi.

Endi esa Facebook foydalanuvchilarida bunday imkoniyat bo‘lmaydi, deb yozadi TechCrunch. Ijtimoiy tarmoqning mobil dasturidan shaxsiy xabar almashish imkoni butkul olib tashlanadi, foydalanuvchilar esa Messenger’ni yuklab olishni taklif etuvchi bildirishnoma chiqib turadi. Hozirda ayrim Yevropa mamlakatlaridagi foydalanuvchilarga bildirishnomalar jo‘natilmoqda. Vaqt o‘tishi bilan Facebook mobil dasturi foydalanuvchilarining barchasi yangi formatga o‘tkaziladi.

Bu yangilikni ko‘pchilik iliq qarshi olmasligini hozirdanoq taxmin qilish mumkin, deyiladi xabarda. Kishilar Facebook’dan ko‘pincha muloqot uchun yagona platforma sifatida foydalanishadi. Unda ko‘pchilikka ko‘rinadigan tarzda birovning “devor”iga yozish ham, suhbatdoshlarning o‘zlarigagina ko‘rinadigan qilib shaxsiy xabarda yozishmalar olib borish ham mumkin. Foydalanuvchilarni alohida dasturdan foydalanishga majbur etishga urinish ularni Facebook’dan sovutishi mumkin. Chunki hozir shundoq ham messenjerlar bozori qizg‘in, endi yana bir messenjerni o‘rnatib olish kishilarga ortiqchadek tuyilishi tabiiy.

Yana bir tomondan, agar Facebook shaxsiy xabarlarni Messenger dasturiga o‘tkazadigan bo‘lsa, unda WhatsApp servisini 19 milliard dollarga sotib olish nimaga kerak edi, degan savol ham tug‘iladi.

Mobil servislar hozirda Facebook’ning bosh ustunliklaridan hisoblanadi – ijtimoiy tarmoq dasturlari auditoriyasi oyiga bir milliarddan oshadi. Mobil reklamaga esa 2013-yilgi daromadning 40 foizi sarf etilgan. Kompaniya rahbari Mark Sukerbergning ma’lum qilishicha, ijtimoiy tarmoq mustaqil dasturlar – Facebook Messenger, Instagram, Poke, Paper dasturlari va Facebook Home dasturiy qobig‘ini rivojlantirishga yo‘naltirilgan.



Категория: TEXNOLOGIYA | Теги: Facebook
Просмотров: 1312 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 11:06
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz