Facebook YouTube’ni «sindirmoqchi»

Videoblogerlar Facebook kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan samarali ilovani qabul qilib olishdi. Foydalanuvchilar videblogning montajida real vaqtda translyatsiyalarni tahrir qilishlari, videoeffektlar kiritishlari hamda videoqatorni lavhalar, ramkalar yoki stikerlar bilan to‘ldirishlari mumkin. Creator ilovasi ham Facebook, ham Instagram’da paydo bo‘ladigan videoga izohlarni bir vaqtda kuzatish imkonini beradi. Ilovadan foydalangan holda, videoblogerning sahifasini, videoning o‘zini va profilga qancha obunachilar kirishini tahlil qilish imkoni ham yaratilgan.

Ekspertlar fikriga ko‘ra, Creator’ning asosiy vazifasi YouTube’ga raqobat uyg‘otishi mumkin bo‘lgan resursni yaratishdan iborat. Videoblogerlarni jalb qilish «mukofotlar» olishning (mahsulot orqali pul topish) ixcham hamda samarali tizimi tufayli ancha muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkin.

Ayni damda Creator ilovasini App Store’dan yuklab olish imkoni bor, Google Play’da esa yangilik yaqin vaqt ichida paydo bo‘ladi.



Категория: TEXNOLOGIYA | Теги: YouTube, Facebook
Просмотров: 2458 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 10:24
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz