Farg‘ona viloyatida akasi kaltaklagan qiz vafot etdi


Farg‘ona viloyatida akasi kaltaklagan qiz vafot etdi, deb xabar qildi O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Xabarda aytilishicha, 8 aprel kuni soat 01.30 larda Farg‘ona viloyatining Furqat tumanida 1994 yilda tug‘ilgan S.Mamajonova uyida sog‘lig‘i yomonlashib, to‘satdan vafot etgan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida S.Mamajonovani akasi, 1986 yilda tug‘ilgan I.Mamajonov oilaviy janjal sababli kaltaklagani aniqlangan.

Aka o‘z singlisini yuzi va badanining turli joylariga qo‘li va kamari bilan urgan. Natijada qizning buyragi shikastlanib yorilgan va ichki qon ketishi tufayli sog‘lig‘i yomonlashib vafot etgan.

I.Mamajonov ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.



Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: vafot etdi, qiz, aka
Просмотров: 1370 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 03:39
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz