Farg‘onada har bir quyondan 25 kg.gacha go‘sht olinmoqda


Bugun Farg‘ona viloyatida 10 mingdan ortiq fermer xo‘jaligi faoliyat ko‘rsatmoqda. 2015 yilda viloyatda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish 7 foizga o‘sgani ham soha rivojiga qaratilayotgan alohida e’tibor samarasidir. 

Keyingi yillarda viloyatda quyonchilikni rivojlantirish, naslchilik ishlarini takomillashtirish va ushbu yo‘nalishda ixtisoslashgan ko‘p tarmoqli agrofirmalar tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayni jarayonda viloyatda quyonchilikka ixtisoslashgan bitta yirik kompleks hamda har bir tumanda ushbu yo‘nalishda ikkitadan xo‘jalik tashkil etish ishlari amalga oshirilmoqda. 

Quva tumanidagi “Vodiy quyon hamkorlik” agrofirmasi mazkur sohada tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan fermerlar uchun tajriba xo‘jaligi sifatida ish olib borayotir. 

– Quyonchilik ham serdaromad soha, – deydi “Vodiy quyon hamkorlik” agrofirmasi rahbari Bobur Nasriddinov. – 2009 yilda tashkil etilgan xo‘jaligimizni har tomonlama rivojlantirish uchun xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish, naslli quyon zotlarini ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratmoqdamiz. 
– Internet tarmog‘i orqali sohaga oid so‘nggi yangiliklar, quyon parvarishlash, nasl olishdagi ilg‘or tajribalar, texnologik jarayonlarni diqqat bilan o‘rganib boramiz, – deydi xo‘jalik veterinari Omonjon Sobirov. – Go‘sht yo‘nalishida boqiladigan quyonning jahon miqyosida eng yuqori mahsuldorlik ko‘rsatkichi 25 kilogramm hisoblanadi. Bizning xo‘jalikda ham ushbu yo‘nalishda har bir quyondan 25 kilogrammgacha parhezbop go‘sht mahsuloti olinmoqda. Quyon go‘shti kelishuv asosida qo‘shni viloyatlar va poytaxtimiz bozorlariga yetkazib berilayotir. 

Quyonchilik – istiqbolli tarmoq. Quyon tovushqonlar oilasiga mansub sut emizuvchi hayvon bo‘lib, Antarktidadan tashqari yer yuzining barcha mintaqasida tarqalgan. Hozir fanga quyonning 50 dan ortiq zoti ma’lum. Olinadigan mahsulotga qarab ikki katta guruhga ajratiladi – go‘sht va teri beradigan quyonlar.Muzlatilgan quyon go‘shtidan yilning istalgan faslida foydalanish mumkinligi uning parhezlik va boshqa xususiyatlarini oshiradi. Go‘shtining biologik qiymati, yumshoqligi hamda yog‘ va xolesterin moddasi kamligi hisobga olinib, tibbiyotda allergiya, gipertoniya, oshqozon-ichak, me’da, o‘t-pufak, jigar kasalliklarini davolashda foydalaniladi. O‘zbekistonda hozir uy sharoitida quyonboqarlar ko‘proq oq velikan, kulrang velikan, oq momiq va angor zotli quyonlarni ko‘paytirmoqda. Quyon momig‘idan tayyorlangan ashyolar davolovchi xususiyatga ega bo‘lib, nevrologiya, radikulit bilan og‘rigan bemorlarga tavsiya etiladi. Quyon momig‘i issiqni saqlash xususiyatiga ko‘ra, qo‘y junidan 10 barobar ustun turadi. 

Qulay iqlim sharoiti, xomashyo bazasi, tabiiy yer maydoni yetarli ekani viloyatda quyonchilikni yanada rivojlantirish imkonini beradi. 
Manba: O‘zA.


Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: 25 kg, go‘sht olinmoqda, quyondan, Farg‘onada
Просмотров: 2787 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 18:33
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz