Farg‘onalik “valyutachi” uch yillik axloq tuzatish ishlari bilan jazolandi

Farg‘ona viloyati Rishton tumanida “valyutafurush” xaridorga 12 ming AQSh dollarini 2740 so‘mdan, jami 32 million 880 ming so‘mga sotayotgan vaqtda qo‘lga olingan va 13 ming 570 AQSh dollari, 18 ming 550 Rossiya rubli ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish (SVOJJDLQK) departamentining Rishton tuman bo‘limi boshlig‘i Shavkat Muhammedovning ta’kidlashicha, sud hukmiga asosan “valyutachi” oylik ish haqining 20 foizi davlat daromadiga ushlab qolingan holda unga uch yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Albatta, bu kabi qonunbuzarlarga nisbatan ko‘rilayotgan choralar o‘z samarasini berishi aniq. Biroq ularning faoliyatiga barham berishda nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, balki fuqarolarning faol ishtiroki ham muhim ahamiyat kasb etishini unutmaslik lozim, deyiladi xabarda.



Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: valyutachi, Farg‘ona, axloq tuzatish
Просмотров: 1192 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 11:12
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz