Главная » SHOU-BIZNES habarlari

Farhod Badalovning onasi olamdan o`tdi




 

Aktyor, rejissyor va prodyuser Farhod Badalov onasining oyoqlarini yuvib, o`payotgani tasvirlangan fotosuratlar ijtimoiy tarmoqlarda faol muhokamalarga sabab bo`lgani haqida avval xabar berilgandi. Bugun ushbu suratdagi onaxon vafot etdilar.

Bu haqda jurnalist Jasur Hamroev o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar qoldirdi.

“Bu yigitning volidai muhtaramasini oyoqlarini yuvib, o`pgani aks etgan suratlari bir necha oy ilgari qizg`in muhokamalarga sabab bo`lgandi. Kim “barakalla” dedi, kimdir rosa tanqid qildi... Bugun bu onaxon jonini Yaratganga uzatdi... U endi oramizda yo`q. Ulgurib qolganimiz armon bo`lmaydi... Har on g`animat! Hayot, ota-ona, do`stlar g`animat! Farhod, sizga va oila a`zolaringizga sabr tilayman”, deb yozadi Jasur Hamroev.

Fursatdan foydalanib, tahririyatimiz ijodiy jamoasi nomidan Farhod Badalovning yaqinlariga hamdardlik izhor etamiz.


Источник: darakchi.uz
Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Добавил: AdminoFF (05.11.2016)
Просмотров: 333 | Теги: Farhod Badalov | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar