Главная » SHOU-BIZNES habarlari

Farruh Zokirov “Yalla” guruhining Toshkentdagi konserti qachon o`tkazilishi haqidagi savolga javob berdi






O`zbekiston xalq artisti Farruh Zokirov “Yalla” guruhining Toshkent shahridagi konsert dasturi qachon o`tkazilishi haqida ma`lum qildi. 

“Uzbekistan Today” nashrining ma`lumotlariga ko`ra, afsonaviy “Yalla” guruhi kuz mavsumida konsert dasturini taqdim etishi mumkin. 

“Bu o`ziga xos ijodiy hisobot bo`ladi” deydi Farruh Zokirov. 

—Muxlislarimiz “Yalla” guruhining konsertlarini kutayotganidan xabarimiz bor. Hatto menda shunday holatlar bo`lgan: Qoida buzganim uchun emas, balki men bilan shunchaki salomlashib, qachon konsert berishimni  so`rash uchun YPX xodimlari meni to`xtatishgan. Men esa ularga endi yoshlarning davri kelganini aytganimda esa, ular menga “Yoshlarning uslubi va muxlislari boshqa, sizning esa o`z uslubingiz, o`z auditoriyangiz bor. Biz sizning konsertlaringizni kutyapmiz”, deb javob berishgan. Buni eshitish menga juda yoqimli,—deydi Farruh Zokirov so`zlarini davom ettirar ekan.

Источник: darakchi.uz
Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Добавил: AdminoFF (17.10.2016)
Просмотров: 320 | Теги: Yalla, Farruh Zokirov | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar