Главная » SPORT YANGILIKLARI

FIFAning yangi reytingida O'zbekiston Yaponiya va Rossiya terma jamoalaridan yuqorida




Bugun FIFA saytida tashkilotning navbatdagi reyting jadvali e`lon qilindi. Yangi reytingda O'zbekiston terma jamoasi 48-o'rinda joylashdi. Sentyabr oyi yakunlariga ko'ra, O'zbekiston termasi bir oy avvalgi reytingga nisbatan 1 pog'onaga ko'tarildi. Avvalgi reytingida 621 ochko bilan 49-o'rinda bo'lgan terma jamoa yangi reytingga ko'ra 617 ochko to'plagan. Jamoa JCh-18 saralashi doirasida Eronga yutqazdi, Xitoyni mag'lub etdi. Lekin Rossiya termasi quyiga sho'ng'ishi ortidan O'zbekiston 1 pog'ona yuqorilagan.Terma jamoa Osiyoda to'rtinchi pog'onani band etib turibdi. Eron O'zbekiston va Janubiy Koreya ustidan qozonilgan g'alabalardan keyin birdaniga 10 pog'ona yuqorilab, 27-o'ringa chiqib olgan.Avstraliya terma jamoasi 40-qatorni (+5) egallab turgan bo'lsa, Janubiy Koreya 44-pog'onaga joylashgan (+3). O'zbekistondan pastroqda joylashgan terma jamoalar qatorida Yaponiya (51), Saudiya Arabistoni (54) va BAA (70) terma jamoalari ko'rish mumkin.Terma jamoaning JCh-2018 saralash bosqichidagi raqiblari Xitoy va Qatar terma jamoalari 6 pog'onadan quyilab, mos ravishda 84 va 91-o'rinlarga joylashgan. Suriya esa birdaniga 18 qatorga yuqorilab, kuchli yuztalikka kirdi (96-o'rin).Markaziy Osiyo davlatlaridan Qirg'iziston 9 o'rin yuqorilab, 99-o'ringa joylashdi va o'z tarixidagi eng yaxshi natijani ko'rsatdi. Qozog'iston 7 o'rin quyiladi va 90-o'ringa tushdi. Turkmanistonning yangi reytingdagi o'rni 2ta punktga yaxshilangan (111-o'rin). Markaziy Osiyo davlatlari ichidagi eng past ko'rsatkich Tojikistonga tegishli (140-o'rin, +4).O'zbekiston terma jamoasi MDH va Boltiqbo'yi davlatlari orasida 2-o'ringa chiqib olgan. Faqat Ukraina termasi 29-o'rin bilan O'zbekistondan yuqorida joylashgan. Rossiya esa 53-o'ringa tushib ketdi va Sobiq Ittifoq mamlakatlari orasida 3-jamoaga aylandi.Reytingda Argentina terma jamoasi 1621 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi o'ringa Germaniya (1465 ochko, +1), uchinchi o'ringa Braziliya joylashgan (1410 ochko, +1).Kuchli beshlikni Belgiya (1382 ochko, -2) va Kolumbiya (1361 ochko, -1) yakunlagan.
Eng yaxshi yuqorilash Chernogoriya tomonidan qayd etilgan. "Qoratog'liklar" birdaniga 49 pog'ona "sakrab" 570 ochko bilan 56-o'ringa joylashgan. Eng "chuqur sho'ng'ish" esa Kipr tomonidan qayd etildi - orolliklar jamoasi 52 o'rin pastlab, 228 ochko bilan 139-o'ringa tushgan.
 
200 terma jamoaning keyingi reytingi 2016 yilning noyabrida e`lon qilinadi.

Источник: kun.uz
Категория: SPORT YANGILIKLARI | Добавил: AdminoFF (20.10.2016)
Просмотров: 693 | Теги: fifa, reyting | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar