Главная » SPORT YANGILIKLARI

Floyd Meyvezer bokschilarimizni Amerikaga taklif qildi




Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Ro‘ziaxunov Rahmatjon Tursunovich Rio Olimpiadasi bahslarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan charm qo‘lqop ustalarimiz Shaxobiddin Zoirov (-52 kg) va Fazliddin G`oibnazarov (-64 kg) finaldagi janglari haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, Zoirov finalda rossiyalik Misha Aloyanni hakamlarning bir oozdan bergan qarorlariga ko‘ra, mag‘lub qilgan bo‘lsa, G`oibnazarov ozarbayjonlik Lorenso Sotomayordan ustun keldi.
Ro‘zixanov g‘alaba uchun minnatdorlik bildirib, P4P reytingi sobiq etakchisi kichik Floyd Meyvezer bilan bo‘lgan uchrashuv haqida to‘xtalib o‘tdi.
– Tabriklar uchun tashakkur. Ha, men Fazliddinning g‘alabasidan so‘ng Mefvezer bilan uchrashdim. U bizning bokschilarimiz haqida iliq fikrlarini bildirdi va "It is fantastic", dedi. U shuningdek, bokschilarimizni Amerikaga professional boksda ishtirok etishi uchun taklif qildi.

Источник: Sports.uz
Категория: SPORT YANGILIKLARI | Добавил: AdminoFF (23.08.2016)
Просмотров: 783 | Теги: Floyd Meyvezer | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar