Forbes eng badavlat mashhur yoshlar reytingini e’lon qildi

Amerikaning Forbes jurnali yoshi 30 dan yuqori bo‘lmagan moliyaviy omadli mashhurlar reytingini tuzdi. Reytingda Kim Kardashyanning 21 yoshli singlisi — Kayli Jenner yetakchilik qildi,  deb yozadi “Korrespondent.net”. 

Kayli dekorativ kosmetika lineykasiga ega. U o‘tgan yil davomida daromadini 166,5 million dollarga oshirishga erishdi.


Undan keyingi o‘rinni britaniyalik 27 yoshli qo‘shiqchi Ed Shiran egalladi (110 million dollar). Yetakchilar uchligidan, shuningdek, 26 yoshli futbolchi Neymar ham o‘rin oldi (90 million dollar).

Reytingning keyingi o‘rinlaridan Teylor Svift (80 million), The Weekend (57 million), 29 yoshli basketbolchi Jeyms Garden, musiqachi Endryu Taggart (45 million), bokschi Saul Alvares (44,5 million), shuningdek amerikacha futbol o‘yinchisi Derek Karr (42,1 million) va golfchi Jordan Spayyet (42,2 million) ham o‘rin olgan.



Категория: SHOU-BIZNES habarlari
Просмотров: 9836 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 13:08
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz