Главная » AVTO OLAM

Foto: Keles ko‘prigi yaqinida yuz bergan YTH natijasida “Moskvich” qariyb yo‘q bo‘lib ketdi


Toshkent avtomobil halqa yo‘lining Keles ko‘prigiga yaqin qismida 13-iyul, chorshanba kuni mahalliy vaqt bilan 18:00 atrofida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida fotoxabar qoldirilgan.



 

Hodisa guvohlarining yozishicha, “Moskvich” avtomobili yo‘l o‘rtasidagi beton ustunga borib urilgan. To‘qnashuv natijasida avtomobil tiklab bo‘lmas holatga kelgan. Foydalanuvchilarning yozishicha, avtomobil avariyadan so‘ng bunday holga kelishi uchun, juda katta tezlik bilan harakatlanishi kerak.

Avariya natijasida tan jarohati olgan yoki qurbon bo‘lganlar haqida aniq ma’lumot yo‘q. “Voditeli Tashkenta” guruhining ba’zi a’zolari, bunday to‘qnashuvdan so‘ng kishining omon qolishi imkoniyati kam ekanligi haqida fikrlar bildirgan.


Источник: daryo.uz
Категория: AVTO OLAM | Добавил: AdminoFF (14.07.2016)
Просмотров: 995 | Теги: YTH | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar