Главная » 2016 » Июль » 21 » Foto: Sergelida o‘tkinchilar Spark’ni qulagan daraxt ostidan chiqarib oldi
22:32
Foto: Sergelida o‘tkinchilar Spark’ni qulagan daraxt ostidan chiqarib oldi



Toshkentning Sergeli tumanida 21-iyul, payshanba kuni kuchli shamol natijasida katta daraxtning bir qismi sinib, mashina bozori oldidagi yo‘lning uchta harakatlanish bo‘lagidan ikkitasini to‘sib qo‘ydi. “Gazeta.uz” xabariga ko‘ra, bu vaqtda yo‘ldan o‘tib ketayotgan Spark avtomobili daraxt bo‘laklari ostida qolgan.

Qisqa vaqt ichida yo‘lda katta tirbandlik yuzaga kelgan. O‘tkinchilar va yaqin oradagi yoqilg‘i quyish shoxobchasi xodimlari o‘z kuchi bilan avtomobilni daraxt bo‘laklari ostidan olib chiqishga va yo‘lni tozalashga qaror qilgan.

Daraxt sinishi natijasida uzilib ketgan elektr simlar ehtiyotkorlik bilan olib tashlagandan so‘ng, ular avtomobilning singan old oynasi ustidan daraxt shoxini ko‘tarib olishgan, shundan so‘ng Spark o‘z yo‘lida davom etgan.
Прикрепления: Картинка 1
Категория: AVTO OLAM | Просмотров: 563 | Добавил: AdminoFF | Теги: YTH | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Добавить коментарий

Имя *:
Email:
Подписка:1
Код *: