Главная » MAXALLIY YANGILIKLAR

Foto: Toshkent shamoli


 

O‘zbekistonning aksariyat hududlarida, xususan, Toshkent shahrida ham 2—3-iyun kunlari kuchli shamol va qisqa muddatli yog‘ingarchilik kuzatildi.

Facebook’dagi “Molodaya fotografiya Uzbekistana” ochiq guruhi a’zolaridan biri Yevgeniy Chubko 2-iyun kuni Toshkentda shamolni suratga oldi.

Unda shamol vaqtida ko‘tarilgan chang-to‘zon, changdan yuzini yoshirgan yosh havaskor futbolchilar va qiz aks etgan.

Ma’lumot uchun, 5-iyun, yakshanba kuni Toshkentda yog‘ingarchilik va kuchli shamol kuzatilmaydi, havo harorati kunduzi +35 darajagacha isishi mumkin.


Источник: daryo.uz
Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Добавил: AdminoFF (04.06.2016)
Просмотров: 763 | Теги: toshkent, ob-havo, shamol | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar