Главная » MAXALLIY YANGILIKLAR

Foto: Toshkentning “piyoda”ga aylangan avtobusi





Facebook’ning “Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)” guruhida qoidabuzar avtobus surati e’lon qilindi. Surat, katta ehtimol bilan, Toshkentning Bunyodkor shoh ko‘chasida olingan, qachon olinganiga aniqlik kiritilmagan.
Unda ichida yo‘lovchilari bo‘lgan, tegishli yo‘nalish bo‘yicha harakatlanuvchi avtobus (avtobusning yo‘nalish raqami noma’lum) piyodalar o‘tish yo‘lkasidan yo‘lning qarama-qarshi tomoniga o‘tishga urinayotgani tasvirlangan.
 
Bir qator foydalanuvchilar bu avtobus bordyurlar bilan chegaralangan piyodalar o‘tish yo‘lkasiga qanday qilib sig‘ganiga hayron qolgan.
 
Guruhning boshqa bir foydalanuvchisi esa shahar ko‘chalarida bu kabi qoidabuzarliklarga deyarli har kuni guvoh bo‘lish mumkinligini afsus bilan ta’kidlab o‘tgan.
 
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-moddasiga muvofiq, haydovchilarning transport vositalarini piyodalar yo‘lkalari va piyodalar o‘tish joylaridan yurgizishi eng kam ish haqining ikkidan bir qismi (21-avgust holatiga ko‘ra 65 120 so‘m) miqdorida jarima solinishiga sabab bo‘ladi.

Источник: Daryo.uz
Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Добавил: AdminoFF (21.08.2016)
Просмотров: 787 | Теги: toshkent | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar