Главная » SHOU-BIZNES habarlari

Foto: Yigitali Mamajonov — restoranda. Yonida — yana o‘sha qiz


 
Aktyor Yigitali Mamajonov Instagram’dagi sahifasida aktrisa Sitora Alimjonova bilan tushgan navbatdagi suratini e’lon qildi. Surat ostida Yigitali: “Yaqinda yangi film!”, — deb izoh qoldirilgan.
 
Yigitali Mamajonov hamkasbi Sitora Alimjonova bilan tushgan suratlarini birinchi marta e’lon qilayotgani yo‘q.
 
Bir muddat avval Yigitali chimildiqqa o‘xshash joyda o‘tirgani, yonida yuzini ro‘mol bilan yashirgan qiz aks etgan suratni e’lon qilgan edi.
 
Keyinroq aktyor bu ishchi nomi “Begunoh” bo‘lgan filmning tasvirga olish jarayonidan lavha ekanini, unda aktrisa Sitora Alimjonova bilan birga suratga tushayotganini ma’lum qilgan edi.
 
Ma’lumot uchun, Yigitali Mamajonov 2012-yilning noyabrida xonanda Rayhon G‘aniyeva bilan oila qurgan edi. 2014-yil may oyida juftlik egizak farzandli bo‘ldi, 2015-yil yanvarida esa Rayhon ajrashishga ariza bergani, 2016-yil mayida esa Yigitali va Rayhonning nikohi qonunan bekor qilingani ma’lum bo‘ldi.

Источник: Daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Добавил: AdminoFF (15.08.2016)
Просмотров: 2634 | Теги: Yigitali Mamajonov | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar