Futbolchilarning 20 foizi spirtli ichimlikka berilgani aniqlandi

Xalqaro professional futbolchilar assotsiatsiyalari federatsiyasi — FIFPro futbolchilar o‘rtasida ularning ruhiy va jismoniy holatini tekshirish maqsadida o‘tkazilgan so‘rov natijalarini e’lon qildi. Bu haqda “Sports.uz” xabar berdi.

Mazkur so‘rovda ayni damda futbol o‘ynayotgan 180 professional futbolchi ishtirok etgan. Shundan 19 nafari darvozabon, 60 tadan himoyachi va yarim himoyachi, 21 nafari hujumchidir. Respondentlarning 60 foizi o‘z mamlakati oliy divizionida to‘p suradigan o‘yinchilardir.

26 foiz futbolchilar o‘zlarida ruhiy muammolar borligini tan olgan. Ularning ruhiy depressiyasi ovqatlanish bilan bog‘liq ekanligi ta’kidlanmoqda. Faqatgina 5 foiz futbolchida ehtiroslarga berilish kuzatilgan bo‘lsa, 3 foizi o‘z imkoniyatlarini past baholashar ekan. 10 foizga yaqin futbolchi hardamxayol, 20 foizi spirtli ichimliklarga berilgan va 7 foizi kashanda bo‘lib chiqdi.



Категория: SPORT YANGILIKLARI | Теги: Futbolchi, spirtli ichimlik
Просмотров: 1121 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 07:57
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz