Fyuri va Klichko o‘rtasida revansh jangi o‘tkaziladigan sana ma’lum qilindi


Britaniyalik bokschi Tayson Fyuri va ukrainalik Vladimir Klichko o‘rtasida revansh jangini o‘tkazish 2016-yilning 7-may kuniga rejalashtirildi. Bu haqda The Daily Star xabar beradi.

Jang sanasi rasman tasdiqlanmagan bo‘lsa-da, har ikkala tomon kelishuvga keldi.

Nashrning ma’lum qilishicha, dastlab Fyuri revanshni Angliya futbol maydonlaridan birida o‘tkazishni xohlagan. Biroq hozirgi paytda Myunxendagi “Alyans Arena” jang o‘tkazilishi ehtimoli katta bo‘lgan joy hisoblanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Dyusseldorfda (Germaniya) 2015-yilning 29-noyabrga o‘tar kechasi WBA (Super), WBO va IBF yo‘nalishlari bo‘yicha o‘ta og‘ir vazndagi jahon chempioni Vladimir Klichko va Tayson Fyuri o‘rtasida jang bo'lib o'tgan va unda hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra Fyuri g‘olib deb topilgan edi.



Категория: SPORT YANGILIKLARI | Теги: klichko
Просмотров: 1058 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 16:15
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz